Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“ALLA” KO‘RIK TANLOVI O‘TKAZILDI
![](https://qoshtepa.uz/uploads/bot/3747823a26c3ce7131b43.jpg)
2022-05-30 23:17:18 217
![](https://telegra.ph/file/3747823a26c3ce7131b43.jpg)
Qo‘shtepa tumanida “Onalarga ehtirom” oyligi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda. Bugun ham ana shunday tadbirlardan biri o‘tkazildi.
Tumanda Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish hamda “Onalarga ehtirom” oyligi doirasida Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari o‘rtasida “Alla” ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Qo‘shtepa tumani hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi M.Mo‘ydinova, va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari D.G’aniyevlar ishtirok etishdi.
![](https://telegra.ph/file/2c10c32797d787f085ef6.jpg)
![](https://telegra.ph/file/cc97b5861aa7a980df90b.jpg)
Tadbir ishtirokchilari bor iqtidorlarini ishga solib, g‘oliblik uchun bellashdilar. Ularning mahorati hay’at a’zolari tomonidan baholab borildi.
Tadbir so‘ngida g‘oliblar tuman hokimligining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.