Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 209 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MAXSUS O’QUV SEMINAR BO’LIB O’TDI

×

 2022-04-30 12:35:46    134

PDF yuklash
Chop etish



Viloyatimizdagi barcha tuman-shaharlarda bo‘lgani kabi Qo‘shtepa tumanida ham Mahalla xotin-qizlar faoli lavozimiga saralangan nomzodlarning faoliyatga samarali kirishish uchun talab etiladigan bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida tumandagi mahalla fuqarolar yig‘iniga tanlab olingan nomzodlarga maxsus o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi. 






Tumandagi 15-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida bo‘lib o‘tgan maxsus o‘quv seminarda Farg‘ona Davlat universiteti o‘qituvchisi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, trener-moderator X.Yulbarsova va tuman hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i D.Olimova hamda tumandagi mas’ul idoralarning rahbarlari ishtirok etishdi.





Ikki kun davom etgan seminarda xotin-qizlar faollariga ushbu jarayonda olgan bilim, ko‘nikmalarini mahallada sinash, qo‘llash, erta ajrimni oldini olish, mahalladagi tinch-osuda hayotni barqaror saqlash kabi muhim masalalar yuzasidan tavsiyalar berildi.




Shuningdek, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar ham belgilab olindi. Seminar davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram