Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
IPAK QURTI BOQISH MAVSUMIDA 4700 DAN ZIYOD ISH O’RNI YARATILADI
![](https://qoshtepa.uz/uploads/bot/545d270471f2036daa064.jpg)
2022-04-29 15:31:14 213
Pillachilik qishloq xo‘jaligining muhim tarmoqlaridan. Shu kunlarda Qo‘shtepa tumanida ipak qurti urug‘i tarqatilib, parvarishlash ishlari olib borilmoqda. Keyingi yillarda tumanda ipak qurti uchun yetarli ozuqa bazasi shakllantirildi. Yangi tut plantatsiyalari tashkil etilib, yiliga uch, to‘rt marotaba hosil olish imkoniyati yaratildi.
Ayni kunlarda ipak qurti boqish yumushlari qizg‘in pallaga kirdi. Tumanda joriy mavsumda 4700 dan ziyod ish o‘rni yaratilib, ishsiz aholining bandligi ta’minlangan.
– Bu yilgi ilk mavsumda 2044 quti ipak qurtidan 116 tonna qimmatbaho sanoat xom ashyosi olishni rejalashtirganmiz, – deydi Qo‘shtepa “Agropilla” MChJ rahbari Avazbek Muhammadov. – Buning uchun 313 ta fermer xo‘jaligi, 100 nafardan ziyod kasanachilar bilan shartnomalar imzolandi. Hozirgi kunda hududlarga biriktirilgan pillachilik agronomlari ko‘magida ipak qurti parvarishi bir maromda olib borilmoqda.
Ha, qo‘shtepalik pillakorlar bu yil o‘tgan yilgidanda mo‘l hosil yetishtirish maqsadida astoydil mehnat qilishmoqda.