Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 181 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

IJTIMOIY TARMOQLARDA TARQATILGAN XABARGA RADDIYA

×

 2022-04-27 11:30:15    96

PDF yuklash
Chop etish



Ijtimoiy tarmoqlar orqali tanqidiy murojaat e’lon qilingan edi. Ushbu murojaatda: – Assalomu aleykum Rasul aka!

Sizning postingizdan keyin Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani Qirg‘izobod qishlog‘idagi 25 maktabgacha ta’lim tashkilotini yangi qurish bo‘yicha tender o‘tkazilib, 5 aprelda 113 kunda bitirish sharti bilan qurilish firmasi g‘olib bo‘ldi.

Mahallaning quvonchi uzoqqa cho‘zilmadi, qandaydir sabab bilan tuman hokimi qurilishni to‘xtatib qo‘ydi, deb eshitdik (balki o‘zining qurilish firmasi g‘olib bo‘lmagandir).

Mana oradan 15-20 kun o‘tib bo‘ldi (orada bog‘chadagi narsalarni boshqa joyga ko‘chirib, bolalarga ta’til ham berildi) bog‘cha odatdagidek faoliyat ko‘rsatmoqda.

Shunga aniqlik kiritishda yordam berishingizni so‘raymiz – deya shikoyat qilingan. 

Murojaatda tilga olingan Qo‘shtepa tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufidagi 25-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti Oqtepa mahalla fuqorolar yig‘ini, Nayman ko‘chasida joylashgan.

Ta’lim tashkilotining binosi 1990-yilda qurilgan bo‘lib, bino turi moslashtirilgan va 90 o‘ringa mo‘ljallangan. Ta’lim tashkilotida 39-nafar xodim faoliyat olib boradi.

Ta’lim tashkloti 1990 yildan 2001-yilga qadar “Navbahor” nomli bolalar bog‘chasi sifatida faoliyat ko‘rsatgan. 2001 yildan 2016 yilga qadar faoliyati to‘xtatilgan. 2016-yildan 2019-yil may oyiga qadar tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufidagi 24-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti filiali sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

2018 yil yakunida tuman hokimining farmoyishiga asosan ta’lim tashkilotining binosiga 47 million so‘m mablag‘ ajratilib, issiqlik tizimi yangidan tortilgan va ikkita isitish qozonlari o‘rnatilgan. Qolaversa, 2019 yilda ta’lim tashkiloti kosmetik ta’mirlangan.

25 maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar qamrovini oshirish maqsadida qo‘shimcha bino qurish va qurilish ishlarini tenderda g‘olib bo‘lgan qurilish firmasi tomonidan olib borilishi rejalashtirilgan. Hozirda poydevor qurish uchun tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, 25 maktabgacha ta’lim tashkilotida qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan Qirg‘izobod qishlog‘ida yashovchi ota-onalarning so‘rovlaridan kelib chiqib, muassasadagi tarbiyalanuvchilarning faoliyati vaqtincha joriy yil 25 maydan so‘ng hududdagi 13-umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosining bir qismida olib borilishini ma’lum qilamiz.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram