Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 207 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XAYRIYA TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

×

 2022-04-26 17:35:50    104

PDF yuklash
Chop etish



Infoq-ehson qilishning savobi borasida hadisi shariflarda juda ko‘p ma’lumotlar bordir. Xayri-ehsonning foydasi nafaqat bu dunyoda balki, qabr va qiyomatda ham borligi haqida Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam: “Albatta sadaqa o‘z egasini qabr issiqligidan saqlaydi. Sadaqa qiluvchi mo‘min Qiyomat kuni o‘z sadaqasi soyasida turadi”, deganlar (Imom Tabaroniy rivoyati).

Savoblar kuchaytirilib beriladigan ushbu ulug‘ kunlarda saxovatpesha insonlar xayr-saxovat ishlarini qilishga intilmoqda. Bunday yordamlardan muhtoj insonlar, xasta-bemorlar va ehtiyojmand oilalar mamnun bo‘lishmoqda.



Yurtimizda ramazon oyi shukuhi davom etayotgan quvonchli kunlarda Qo‘shtepa tumani bosh otinoyisi Muqaddamxon O’rmonova va 12 nafar otinoyilarning tashabbusi bilan homiylarni jalb etgan holda har kuni mahallalardagi yordamga muhtoj oilalarga moddiy va ma’naviy yordamlar berilmoqda.

Xususan, bugun O’zbekiston musulmonlar idorasi Farg‘ona viloyati vakilligi tomonidan tumanimizga yuborilgan homiylik yordamlari yetib keldi. 




Viloyat bosh otinoyisi Xilolaxon Kamilova va tuman hokimining maslahatchisi Muhabbatxon Mo‘ydinova, targ‘ibot guruhi rahbari Davlatxon Yusupova hamda targ‘ibot guruhi a’zolari hamkorlikda bemorlar, nogironlar, muhtojlar holidan xabar olishdi. Mehr-muruvvat, e’tiborga muhtoj kishilarga saxovat ko‘rsatilib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari va pul mablag‘lari yetkazib berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram