Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 204 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2022-04-24 09:25:47    96

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov Karnaychi mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hokim yordamchisi tomonidan hududni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish, hunarmandchilikni rivojlantirish, tomorqalardan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish hamda ularning muammolarini tizimli hal etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi. Tuman hokimi tomonidan mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisiga hududda ishsizlikni kamaytirish, kichik biznes va hususiy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, chet elga ishlash istagida ketgan fuqarolarni yashash joyiga qaytarish va ularni doimiy ish bilan ta’minlash hamda aholining ijtimoiy muammolarini belgilangan tartib asosida hal etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



“Fergana Global Infity” mas’uliyati cheklangan jamiyatida bo‘lgan tuman rahbari Nurafshon mahalla fuqarolar yig‘inida tashkil etilayotgan sanoat loyihalari bilan tanishdi. Mas’ul rahbarlar hamda loyiha tashabbuskorlariga loyihalarni belgilangan muddatda ishga tushirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, tuman hokimining o‘rinbosarlari hamda mas’ul rahbarlar ishtirokida xotin-qizlarni ijtimoiy himoya qilish, ularni bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlikka yo‘naltirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish maqsadida “Ayollar daftari”ning 3-bosqichini shakillantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Mas’ul rahbarlarga “Ayollar daftari”ning 3-bosqichini shakillantirishda shafoflikni ta’minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



Tuman rahbari “Texmashservis” mas’uliyati cheklangan jamiyatida g‘alla o‘rim kombaynlarini ta’mirlashni yakunlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Mas’ul rahbarlarga ta’mirlash ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



Tuman Madaniyat markazida “Kitobxonlik haftaligi”ning tuman bosqichi tadbiri o‘tkazildi. Tadbirni tuman hokimi I.Novikov ishtirok etib, haftalikda munosib qatnashib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bir qator ishtirokchilarga tuman hokimligining tashakkurnomalari hamda esdalik sovg‘alarini topshirdi.



Bolalar va o‘smirlar sport maktabida yoshlar o‘rtasida sportning “Kurash” turi bo‘yicha musoboqa o‘tkazildi. Tadbirni tuman hokimi ochib, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan aholi o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirishga berilayotgan e’tiborlari natijasida yurtimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi tumanimizda ham aholini sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratib kelinayotganligini takidlab, o‘tkazilgan musoboqada munosib qatnashgan bir qator sportchi yoshlarga tuman hokimligining tashakkurnomalari hamda esdalik sovg‘alarini topshirdi.



Tuman hokimi va tuman prokurori Xalqobod mahalla fuqarolar yig‘ini Nurli tong ko‘chasi, 123-uyda yashovchi “Ayollar daftari”ga kiritilgan X.Abdullayevaning xonadonida bo‘lishdi. Ushbu oilaga “Ramazon” oyi munosabati bilan viloyat hokimligidan ajratilgan oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram