Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 178 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2022-04-21 22:24:13    160

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov bugun Eshonguzar mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hokim yordamchisi tomonidan hududni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish, hunarmandchilikni rivojlantirish, tomorqalardan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish hamda ularning muammolarini tizimli hal etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi. Tuman hokimi tomonidan mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisiga hududda ishsizlikni kamaytirish, kichik biznes va hususiy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, chet elga ishlash istagida ketgan fuqarolarni yashash joyiga qaytarish va ularni doimiy ish bilan ta’minlash hamda aholining ijtimoiy muammolarini belgilangan tartib asosida hal etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



49-umumta’lim maktabida bo‘lgan tuman rahbari o‘quv jarayonlari hamda qo‘shimcha fan to‘garaklari faoliyati bilan tanishdi. Muassasa bitiruvchilarini oliy ta’limga kirish ko‘rsatkichlarini yaxshilash maqsadida o‘quvchilarni qiziqishlariga asosan qo‘shimcha dars mashg‘ulotlari tashkil etish yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.



Tuman Tibbiyot bilashmasi tasarrufidagi 96-sonli qishloq oilaviy poliklinikasida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda koronavirus kasalligiga qarshi vaktsina bilan emlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilib, mas’ul rahbarlarga aholini koronavirus kasalligiga qarshi vaktsina bilan emlash bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Tuman rahbari “Targit maks” hamda “Turon Umar teks” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari tomonidan Xumdon mahalla fuqarolar yig‘ini hududida tashkil etilgan “Istiqlol” sanoat zonasida tashkil etilayotgan sanoat loyihalari bilan tanishdi. Mas’ul rahbarlar hamda loyiha tashabbuskorlariga loyihalarni belgilangan muddatda ishga tushirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

“O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 23 noyabr kungi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq ho‘jaligi ishlab chiqarishida dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-20-sonli qaroriga muvofiq ijara asosida ajratilgan yer maydonlari hamda bog‘ qator oralariga kartoshka va asosiy turdagi oziq-ovqat ekinlari ekilishini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Tuman hokimi tomonidan mas’ul rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.



“Texmashservis” mas’uliyati cheklangan jamiyatida g‘alla o‘rim kombaynlarini ta’mirlashni yakunlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar ham o‘rganilib, mas’ul rahbarlarga ta’mirlash ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, tumanda 2022 yil hosili uchun ekilgan g‘alla va paxta maydonlarida olib borilayotgan agrotexnika tadbirlarining bajarilishi hamda soya ekini ekish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Tuman hokimi tomonidan mas’ul rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram