Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
SAYYOR QABULDA MUAMMOLAR IJOBIY YECHIM TOPDI
![](https://qoshtepa.uz/uploads/bot/803b99eba9f9523fb0b78.png)
2022-04-21 09:03:40 120
![](https://telegra.ph/file/803b99eba9f9523fb0b78.png)
Qo‘shtepa tumani prokurori, 2-sektor rahbari Farhodjon Ismoilov Katta Boltako‘l mahalla fuqarolar yig‘inida aholi muammolarini joyiga chiqqan holda o‘rganish maqsadida o‘zining navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazdi. Qabulda tumandagi idora va tashkilot rahbarlari ham ishtirok etishdi.
Sayyor qabul davomida 5 nafar fuqaro ishga joylashtirildi. Shuningdek, mahallada “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga ro‘yxatga olingan fuqarolar tomonidan uy-joyini ta’mirlash hamda oziq-ovqat masalalarida yordam so‘rab qilingan murojaatlari ijobiy hal etildi.
![](https://telegra.ph/file/b4e1a2bd9ddcd8c70f2ba.png)
Jumladan, ushbu mahallada yashovchi ehtiyojmand oilada yashovchi Saidaxon Umurzaqova sektor rahbariga oziq-ovqat va uy-joyini ta’mirlashda yordam so‘rab murojaat qildi. Sayyor qabul so‘ngida sektor rahbari mahallada “Ayollar daftari”ning 3-bosqichiga ro‘yxatga olingan Saidaxon Umurzaqovaning yashash xonadonida bo‘lib, yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdi.
![](https://telegra.ph/file/13140d3bb045297a794a6.png)
Fuqaroning murojaati ijobiy yechim topib, sektor rahbarining amaliy yordami bilan ushbu xonadonga xomiylik yordami sifatida oziq-ovqat mahsulotlari hamda 2 tonna tsement yetkazib berildi.
Shuningdek, sektor rahbarining sa’y-harakati bilan Katta Boltako‘l mahalla fuqarolar yig‘inida aholining tabiiy gaz quvurlari ta’mirlanib, gaz bilan bog‘liq muammolari ham bartaraf etildi.