Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 179 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2022-04-20 20:47:25    119

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov G’ishtmon mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hokim yordamchisi tomonidan hududni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish, hunarmandchilikni rivojlantirish, tomorqalardan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish hamda ularning muammolarini tizimli hal etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi. Mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisiga hududda ishsizlikni kamaytirish, kichik biznes va hususiy tadbirkorlik hamda hunarmandchilikni rivojlantirish, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, chet elga ishlash istagida ketgan fuqarolarni yashash joyiga qaytarish, ularni doimiy ish bilan ta’minlash hamda aholining ijtimoiy muammolarini belgilangan tartib asosida hal etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



14-umumta’lim maktabida bo‘lgan tuman rahbari o‘quv jarayonlari hamda qo‘shimcha fan to‘garaklari faoliyati bilan tanishdi. Ta’lim muassasalari bitiruvchilarini oliy ta’limga kirish ko‘rsatkichlarini yaxshilash maqsadida o‘quvchilarni qiziqishlariga asosan qo‘shimcha dars mashg‘ulotlari tashkil etish yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.



28-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida qamrov sonini oshirish maqsadida qo‘shimcha bino qurilishi yuzasidan amalga oshirilayotgar ishlar o‘rganildi. Mutasaddi rahbarlarga qurilish ishlarini sifatli bajarilishini ta’minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Tibbiyot bilashmasi tasarrufidagi “G’ishtmon” qishloq vrachlik punktida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda koronavirus kasalligiga qarshi vaktsina bilan emlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilib, mas’ul rahbarlarga aholini koronavirus kasalligiga qarshi vaktsina bilan emlash bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.




Tumanda yoshlar bilan ishlashni tizimli tashkil etish, ularni tadbirkorlikka yo‘naltirish, bandligini ta’minlash hamda muammolarini hal etish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, bugun G’ishtmon mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi yoshlar ishtirokida “Hokim va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi. Uchrashuv davomida 13 nafar yoshlar turli taklif va muammolar bilan murojaat qilishdi. Tuman hokimi tomonidan uchrashuvda ko‘tarilgan taklif va muammolarni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli korxona va tashkilot rahbarlariga ko‘rsatmalar berildi.



Aholi xonadonlarida parrandachilikni rivojlantirish maqsadida aholiga imtiyozli kredit asosida parranda yetkazib berish ishlari bilan tanishgan tuman hokimi tomonidan aholiga yetkazib berilayotgan parrandalar salomatligini ta’minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Tuman hokimligida hokim o‘rinbosarlari hamda mas’ul rahbarlar ishtirokida xotin-qizlarni ijtimoiy himoya qilish, ularni bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlikka yo‘naltirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish maqsadida “Ayollar daftari”ning 3-bosqichini shakillantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Mas’ul rahbarlarga “Ayollar daftari”ning 3-bosqichini shakillantirishda shaffoflikni ta’minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



Shuningdek, tumanda 2022 yil hosili uchun ekilgan g‘alla va paxta maydonlarida olib borilayotgan agrotexnika tadbirlarining bajarilishi hamda soya ekini ekish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Tuman hokimi tomonidan 2022 yil hosili uchun ekilgan g‘alla va paxta maydonlarida olib borilayotgan agrotexnika tadbirlarining bajarilishi hamda soya ekini ekish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram