Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 168 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

2-SEKTOR XABARLARI

×

 2022-04-18 22:40:08    93

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tuman prokurori, 2-sektor rahbari F.Ismoilov bugun viloyat hokimi X.Bozarov rahbarligida tumandagi “Fergana global textil” MChJda “2022 yil hosili uchun yetishtirilayogan g‘o‘za maydonlarida dastlabki agrotexnika tadbirlarining bajarilishi” yuzasidan o‘tkazilgan o‘quv amaliy seminarda ishtirok etib, viloyat rahbari tomonidan muhokama etilgan masalalar ijrosi bo‘yicha nazoratni kuchaytish choralarini ko‘rdi.



Shuningdek, sektor rahbari umumiy o‘rta ta’lim maktablarida bo‘lib, fuqarolar yig‘inlari raislari(oqsoqollari) sayloviga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishib, maktablarning moddiy texnik imkoniyatlarini ham o‘rgandi. O’rganish jarayonida sektor rahbari o‘quvchilar bilan suhbatlashib, ularning taklif va mummolarini tingladi.



Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bo‘lgan tuman prokurori tashkilotni moddiy texnik imkoniyatlari bilan tanishdi. O’z navbatida tarbiyalanuvchilarga berilayotgan oziq-ovqat mahsulotalarining tayyorlanishini va ushbu mahsulotlar saqlanadigan omborxonani ko‘zdan kechirdi va tashkilot rahbariga kerakli ko‘rsatmalarni berib o‘tdi.



F.Ismoilov G’ishtmon mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisining faoliyati bilan tanishdi. Ular tomonidan ishsiz aholining bandligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni o‘rgandi. Yashash xonadonida tikuvchilik bilan shug‘ullanayotgan fuqaro R.Fayziyevning xonadonida bo‘lib, fuqaroni ish faoliyati bilan tanishdi. Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, tadbirkor ushbu tikuvchilik faoliyatini yo‘lga qo‘yganidan so‘ng 4 nafar ayolning bandligini ta’minladi. Suhbat davomida sektor rahbari tadbirkorga o‘zining kerakli ko‘rsatmalarini berib o‘tdi.

Sektor rahbari fuqaro K.Jo‘rayevning yashash xonadonida bo‘lib, fuqaroning imtiyozli kredit olish bilan bog‘liq muammolarini tingladi va muammoni hal etish uchun tegishli tashkilot rahbarlariga topshiriq bedi.

G’ishtmon mahalla fuqarolar yig‘inida “Ayollar daftari”ning 3-bosqichiga ro‘yxatga olingan N.Umarovaning xonadonida bo‘lib, uning muammolarini o‘rgandi. N.Umarovaning yashash sharoitlari bilan tanishgan sektor rahbari, tomorqasidan samarali foydalanish ahvoli yuzasidan o‘zining kerakli ko‘rsatmalarini berib o‘tdi. 



Tuman prokurori G’ishtmon mahalla fuqarolar yig‘inida tadbirkorlik sub’ektlarining muammolarini o‘rganish maqsadida yakka tartibdagi tadbirkor L.Mamajonovning “pilitka” ishlab chiqarish tsehida bo‘ldi. Tadbirkorning muammolarini o‘rgangan sektor rahbari tadbirkorning faoliyatini kengaytirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi.

Sektor rahbari “Yoqub ota” va “Dehqon pahlaviy” fermer xo‘jaliklarining g‘alla va paxta maydonlarida bo‘lib, g‘allani parvarishlash va chigitni unib chiqish ahvolini o‘rgandi. O’rganish jarayonida sektor rahbari tomonidan fermer xo‘jaligi rahbariga kerakli ko‘rsatmalar berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram