Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 192 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2022-04-18 21:45:03    105

PDF yuklash
Chop etish



Bugun tuman hokimligida hokim o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari, saylovga ko‘maklashuvchi tuman komissiyasi a’zolari hamda mahalla fuqarolar yig‘inlari saylovini o‘tkazuvchi ishchi guruh raislari ishtirokida “2022 yil may oyi davomida mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) sayloviga yuqori saviyada tayyorgarlik ko‘rish hamda mahalla raisi lavozimiga munosib nomzodlarni shakillantirish” yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Tuman hokimi tomonidan mas’ul rahbarlarga may oyida o‘tkaziladigan saylovlarni qonunchilikda belgilangan tartibda o‘tkazish hamda mahalla raisi lavozimiga munosib nomzodlarni shakillantirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov 8-umumta’lim maktabida bo‘lib, o‘quv jarayonlari hamda qo‘shimcha fan to‘garaklari faoliyati bilan tanishdi. Ta’lim muassasalari bitiruvchilarini oliy ta’limga kirish ko‘rsatkichlarini yaxshilash maqsadida o‘quvchilarning qiziqishlariga asosan qo‘shimcha dars mashg‘ulotlari tashkil etish yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.



Tuman Maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli 24-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lgan tuman rahbari, muassasada qamrov sonini oshirish maqsadida qo‘shimcha bino qurilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Mutasaddi rahbarlarga qurilish ishlarini sifatli bajarilishini ta’minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Tuman Tibbiyot bilashmasi tasarrufidagi “Oqtepa” qishloq vralik punktida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda koronavirus kasalligiga qarshi vaktsina bilan emlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishgan tuman hokimi, mas’ul rahbarlarga aholini koronavirus kasalligiga qarshi vaktsina bilan emlash bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.



Farg‘ona viloyati hokimi X.Bozarov rahbarligida tumanda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “FERGANA GLOBAL TEXTIL” mas’uliyati cheklangan jamiyatida “2022 yil hosili uchun yetishtirilayotgan g‘o‘za maydonlarida dastlabki agrotexnika tadbirlarining bajarilishi” yuzasidan amaliy seminar o‘tkazildi. Viloyat hokimi tomonidan 2022 yil hosili uchun ekilgan g‘o‘za maydonlarida olib boriladigan agrotexnika tadbirlarini belgilangan muddatlarda bajarilishini ta’minlash bo‘yicha bergan ko‘rsatmalari asosida tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi. Shuningdek, viloyat hokimi hamda viloyat sektor rahbarlari ishtirokida mavsumda ishtirok etuvchi mexanizatorlarga tuman hokimligining esdalik sovg‘alari topshirildi.



“O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 23 noyabr kungi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq ho‘jaligi ishlab chiqarishida dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-20-sonli qaroriga muvofiq ijara asosida tuman aholisiga ajratilgan yer maydonlariga kartoshka va asosiy turdagi oziq-ovqat ekinlari ekish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Tuman hokimi tomonidan mas’ul rahbarlarga aholiga ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalanishni ta’minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Tuman hokimligida mutasaddi tashkilot rahbarlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari hamda hokim yordamchilari ishtirokida “Ochiq Budget” portali asosida tumanda aholi muammolarini tizimli hal etish maqsadida o‘tkazilgan ovoz yig‘ish natijalariga ko‘ra g‘olib bo‘lgan mahalla fuqarolar yig‘inlarida ichki yo‘llarni ta’mirlash hamda ichimlik suvi tarmoqlarini tortish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar” yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Tuman hokimi tomonidan mas’ul rahbarlarga amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlarni samarali tashkil etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram