Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 208 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

AMALIY SEMINAR O’TKAZILDI

×

 2022-04-15 21:30:54    190

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumanidagi 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, voyaga yetmagan yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida amaliy seminar o‘tkazildi. Seminarda maktabning pedagog xodimlari, tuman ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda yoshlar tarbiyasiga mas’ul bo‘lgan tashkilot va muassasa rahbarlari ishtirok etishdi. 




Shuningdek, tuman hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun xujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Muxabbatxon Mo‘ydinova, viloyat hokimining maslahatchisi Sohibjamol Tongotarova, Farg‘ona shahar hokimining maslahatchisi Farhodjon Mamajonovlar ham ishtirok etdilar.

Seminar davomida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, tarbiyasi og‘ir o‘quvchilar bilan yakka tartibda ishlash, ularni kitob va o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, fan to‘garaklari ishlarini yanada jonlantirish masalalari bo‘yicha fikr almashilib, kerakli tavsiyalar berildi.

Tadbir o‘ziga xos bahs – munozara usulida tashkil etildi va ishtirokchilar tomonidan barcha berilgan savollarga batafsil javoblar berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram