Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 191 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2022-04-12 21:32:22    135

PDF yuklash
Chop etish



Bugun tuman hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov Shodlik mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hokim yordamchisi tomonidan hududni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish, hunarmandchilikni rivojlantirish, aholi tomorqalaridan samaraliy foydalanishni yo‘lga qo‘yish hamda muammolarini tizimli hal etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi. Tuman hokimi tomonidan mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisiga hududda ishsizlikni kamaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, chet elga ishlash istagida ketgan fuqarolarni yashash joyiga qaytarish va ularni doimiy ish bilan ta’minlash hamda aholining ijtimoiy muammolarini belgilangan tartib asosida hal etilishi yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



I.Novikov tuman Axborot kutubxona markazining faoliyati hamda kitobxonlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, mas’ul rahbarlarga markaz fondini ko‘paytirish hamda aholini kitobga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilash yuzasidan topshiriqlar berdi.



“Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida tumandagi mahalla fuqarolar yig‘inlarida terak qalamchalari ekish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Tuman hokimi tomonidan loyiha asosida tumanda yashil hududni kengaytirish hamda terak qalamchalari ekish ishlarini tizimli tashkil etish yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.



Xumdon mahalla fuqarolar yig‘ini hududida tashkil etilgan “Istiqlol” sanoat zoonasida amalga oshirilayotgan sanoat loyihalari bilan tanishgan tuman hokimi tomonidan mas’ul rahbarlar hamda loyiha tashabbuskorlariga loyihalarni belgilangan muddatda ishga tushirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



Tumanda 2022 yil hosili uchun ekilgan boshoqli don maydonlarida olib borilayotgan agrotexnika tadbirlarining bajarilishi, chigit ekilishi rejalashtirilgan maydonlarda yer tayyorlash va chigit ekish ishlari hamda mahalliy o‘g‘it jamg‘arish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan joylarda yig‘ilishlar o‘tkazildi. Tuman hokimi tomonidan mas’ul rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram