Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 20 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2023-YILDA AHOLINI RO‘YXATGA OLISH TADBIRI O‘TKAZILADI

 2022-04-12 14:44:18    490

PDF yuklash
Chop etish


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qaroriga muvofiq respublikamizda 2023-yilda aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish belgilandi.


Aholini ro‘yxatga olish – bu mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosdagi keng ko‘lamli tadbir bo‘lib, aholi to‘g‘risidagi ishonchli axborot manbai hisoblanadi.


Aholini ro‘yxatga olish tadbiri – davriy oraliqda mamlakat hududidagi va uning kichik aholi punktlaridagi aholining rasmiy hisobga olish bo‘lib, barcha aholining ijtimoiy va demografik tavsiflari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish hisoblanadi.           Bu tadbir kishilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va umumlashtirish jarayonlarini, shuningdek, demografik, iqtisodiy va ijtimoiy ma’lumotlarni baholash, e’lon qilish va tahlil qilishni o‘z ichiga oladi.


Aholini ro‘yxatga olish tadbiri 3 bosqichda amalga oshiriladi:


1. Aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish (normativ hujjatlar, dasturiy ta’minot, tashkiliy ishlar) ishlarini amalga oshirish. Birinchi bosqich 3 yilgacha bo‘lgan muddatda o‘tkaziladi.


2. Bevosita aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish ishlari amalga oshiriladi. Ikkinchi bosqich 10 kundan 60 kungacha bo‘lgan muddatda o‘tkaziladi.


3. Aholini ro‘yxatga olish tadbirining birlamchi materiallari ma’lumotlari jamlanadi, elektron bazaga kiritiladi, kodlashtirish, nazorat,
tahrir qilinadi, natijalari e’lon qilinadi. Uchinchi bosqich 2 yildan 3 yilgacha bo‘lgan muddatda o‘tkaziladi.


Aholini ro‘yxatga olish tadbiri yakuni bilan quyidagi aniq ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishimiz mumkin:

 

  • shaxsning tug‘ilgan yili, jinsi, yoshi, millati, fuqaroligi, oilaviy ahvoli, ma’lumot darajasi, bandlik darajasi;


  • ko‘chib kelgan fuqaroning doimiy yashash joyi, ko‘chib kelgan vaqti, ko‘chib kelish sababi, millati;


  • shaxsning turar joyi turi, uyning qurilgan vaqti hamda elektr energiya, gaz, kanalizatsiya mavjudligi.