Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 43 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Axborot xizmati raxbari

 2022-04-12 12:53:50    1537

PDF yuklash
Chop etish


Qo‘shtepa tumani hokimligi axborot xizmati rahbari – hokimning matbuot kotibi

 

Kosimova Yorkinoy Safarovna

tel: 73 425-16-73 e-mail: hokimiyat.uz@gmail.com



Xizmatning asosiy vazifalari

________________________________________

Quyidagilar xizmatning asosiy vazifalari hisoblanadi:

- hokimlik faoliyati haqida ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, tuman hokimligining rasmiy veb-sayti, shuningdek, boshqa axborot resurslari orqali, shu jumladan matbuot anjumanlari, brifinglar, mediaturlar tashkil etish yo‘li bilan aholiga muntazam, to‘liq va tezkor ravishda axborot taqdim etib borish;

- hokimlikda Respublika va viloyatning ijtimoiy-siyosiy va sosial-iqtisodiy taraqqiyoti bilan bog‘liq dolzarb jarayonlar haqida axborot berish, islohotlar haqida hudud hissasi va misolida OAV orqali yoritish bo‘yicha chora-tadbir ishlab chiqish va amalga oshirish;

- hokimlikning ijobiy imijini shakllantirish va ilgari surish, ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish va boshqa shakllarda jamoatchilik fikrini o‘rganish;

- axborot siyosati sohasida o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligining viloyat boshqarmasi bilan samarali amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;

- ommaviy axborot vositalari bilan ikki tomonlama manfaatli va samarali hamkorlik qilish, axborot xizmatlari bilan doimiy ishlovchi jurnalistlar va blogerlar doirasida tezkor ma’lumotlarni tarqatish, shuningdek, zarur hollarda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilishda keng aholi qatlamlarining ishtirokini ta’minlash maqsadida ekspert guruhlarini tuzish;

- ommaviy axborot vositalarida hokimlik rahbarlarining chiqishlarini tashkil etish;

- axborot makoni monitoringini olib borish va tahlil qilish, hokimlik va rahbariyat vakolatiga kiradigan masalalarda tanqidiy va keng muhokama qilinayotgan axborot xurujlariga tezkor munosabat bildirish, ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog‘ida hokimlik faoliyatiga aloqador axborotni tarqatish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish;

- davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari orqali tarqatish uchun xabar, ma’lumot, sharh va boshqa axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;

- hokimlikning faoliyati to‘g‘risida jamoatchilik fikrini, milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarining pozisiyasini o‘rganish, tegishli takliflar ishlab chiqish va ular to‘g‘risida shaxsan tuman hokimiga (zarur hollarda tegishli o‘rinbosarlarga) axborot berib borish;

- hokimlik faoliyatini mahalliy ommaviy axborot vositalarida sifatli yoritish maqsadida zarur axborot materiallari (bosma mahsulotlar, foto-, audio-, videomateriallar va h.k.) bilan ta’minlash;

- hokimlikning vakolatiga kiruvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari hamda ularning tasdiqlangan matnlarini belgilangan tartibda rasmiy veb-saytda joylashtirish;

- hokimlikning faoliyatiga aloqador matnli, foto-, audio- va videomateriallardan iborat ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yangilab borish.