Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 190 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2022-04-12 09:05:28    108

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumanidagi Bolalar va o‘smirlar sport maktabida “Yoshlar o‘rtasida sportning mini futbol turi bo‘yicha Davlat xavsizlik xizmati raisi kubogi”ning tuman bosqichiga start berildi. Tadbirda tuman hokimi I.Novikov ishtirok etib, musobaqa ishtirokchilariga muvaffaqiyat tiladi.



Xalqobod mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisi tomonidan hududni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka yo‘naltirish, hunarmandchilikni rivojlantirish, aholi tomorqalaridan samaraliy foydalanishni yo‘lga qo‘yish hamda muammolarini tizimli hal etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Tuman hokimi tomonidan mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisiga hududda ishsizlikni kamaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, hunarmandchilikni rivojlantirish, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, chet elga ishlash istagida ketgan fuqarolarni yashash joyiga qaytarish va ularni doimiy ish bilan ta’minlash hamda aholining ijtimoiy muammolarini belgilangan tartib asosida hal etilish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



Tuman rahbari 9-umumta’lim maktabida bo‘lib, o‘quv jarayonlari hamda qo‘shimcha fan to‘garaklari faoliyati bilan tanishdi. Ta’lim muassasi bitiruvchilarini oliy ta’limga kirish ko‘rsatkichlarini yaxshilash maqsadida o‘quvchilarni qiziqishlariga asosan qo‘shimcha dars mashg‘ulotlari tashkil etish yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.



Shuningdek, tuman Maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli 22-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti filialida bo‘lgan tuman hokimi, muassasada qamrov sonini oshirish maqsadida qo‘shimcha bino qurilishi yuzasidan amalga oshirilayotgar ishlarni o‘rgandi. Mutasaddi rahbarlarga qurilish ishlarini sifatli bajarilishini ta’minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



Tumanda 2022 yil hosili uchun ekilgan boshoqli don maydonlarida olib borilayotgan agrotexnika tadbirlarining bajarilishi, chigit ekilishi rejalashtirilgan maydonlarda yer tayyorlash va chigit ekish ishlari, shuningdek, mahalliy o‘g‘it jamg‘arish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan joylarda yig‘ilishlar o‘tkazildi. Yig‘ilish davomida tuman hokimi tomonidan mas’ul rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram