Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 117 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO’SHTEPA TUMANIDA BOLALAR BOG’CHASI YANA IKKITAGA KO’PAYDI (FOTO)

×

 2022-04-08 17:20:34    460

PDF yuklash
Chop etish





Bugun Sohibkor mahallasidagi 6-sonli maktabagcha ta’lim tashkilotining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Bog‘chaning ochilish marosimida tuman hokimi Ilyosbek Novikov va sektor rahbarlari, mahalla faollari, shuningdek, MTBning mas’ullari ishtirok etdilar.











Qo‘shtepa tumanining Sohibkor mahalla fuqorolar yig‘ini hududida joylashgan 6-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti 1983 yilda qurilgan bo‘lib, 2018 yilda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5048-sonli qaroriga asosan “Obod qishloq” davlat dasturi asosida ta’mirdan chiqarilgan. Hozirda ta’lim tashkilotida 10 ta guruh faoliyat olib bormoqda. 

Ushbu ta’lim tashkilotiga nafaqat Sohibkor mahallasidagi, balki Kichikbeshkapa va Qiyqi mahallalaridan ham tarbiyalanuvchilar qamrab olingan. Sohibkor mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 3-7 yoshlilar soni 235 nafarni tashkil etib, bularning 95 nafari bugungi kunda qamrab olinmagan edi. 














6-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotiga Farg‘ona viloyati hokimining 2021 yil 25-yanvar kungi 34-F sonli Farmoyishiga asosan yengil tipdagi 90 o‘rinli qo‘shimcha bino qurilishi rejalashtirilgan edi. Bugun bog‘chaning ushbu binosi foydalanishga topshirildi.

 Muassada bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash, intellektual salohiyatini yuksaltirish, har jihatdan yetuk va barkamol voyaga yetishlari uchun zarur barcha sharoitlar yaratilgan. 








Soybo‘yi mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 238 nafar 3-7 yoshli bolalar istiqomat qiladi. Ushbu hududda davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti mavjud emas edi. Shuning uchun xususiy tadbirkor Oybek Raxmatov tomonidan Davlat xususiy sheriklik shaklidagi 150 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilib, foydalanishga topshirildi.








Ushbu bog‘chada bolalarning ta’lim-tarbiya olishlari uchun zamonaviy mashg‘ulot xonasi, yotoqxona va oshxona mavjud.

Endi hududdagi 238 nafar 3-7 yoshli bolalarning 150 nafari ushbu ta’lim tashkilotiga, 50 nafari esa hududda faoliyat yuritayotgan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olinadi.














Yangi bog‘chalarning foydalanishga topshirilishi bolajonlar uchun ajoyib tuhfa bo‘ldi. Bog‘chalarning ochilish marosimida kichkintoylar sevinchdan yayradilar. Ular mehmonlarga o‘zlari yod olgan she’r va qo‘shiqlarini hamda go‘zal raqslarini ijro etib berdilar. 





Tadbir nihoyasida mehmonlar ishtirokida bog‘chaning mo‘jazgina hovlisiga yaxshi niyatda ko‘chat ekildi. 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram