Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
YOSHLAR YETAKCHILARIGA ZAMONAVIY KOMPYUTER JAMLANMALARI TOPSHIRILDI
2022-04-08 15:54:10 195
Avval xabar berganimizdek, Qo‘shtepa tumanida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19 yanvar kungi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-92-sonli qarori ijrosini ta’minlash, O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limining mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi vakillari ish samaradorligini oshirish hamda yoshlar bilan ishlashni tizimli tashkil etish maqsadida mahallalarda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan yoshlar ishlari agentligi yetakchilarining 30 nafariga zamonaviy kompyuter jamlanmalari topshirilgan edi.
Bugun esa mahallalarda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan yoshlar ishlari agentligining qolgan 21 nafar yetakchilariga ham zamonaviy kompyuter jamlanmalari topshirildi.
“Madaniyat markazi”da bo‘lib o‘tgan tadbirda tuman hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari, DXX Marg‘ilon shahar bo‘limi boshlig‘i Sh.Xatamov hamda Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limining mas’ullari ishtirok etdilar.
Tadbirni tuman hokimi I.Novikov ochib, Davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev tomonidan yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlarga to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, yaratib berilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish, ularni tadbirkorlikka yo‘naltirish, bandligini ta’minlash hamda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Shundan so‘ng kompyuter jamlanmalari o‘z egalariga topshirildi.