Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 47 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

4-SEKTOR RAHBARI FAOLIYATIDAN

×

 2022-04-08 09:01:58    132

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani davlat soliq inspektsiyasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari Zuxriddin Mirzayev Qorajiyda mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi hamda mahalla fuqarolar yig‘ini raisining ish faoliyati bilan tanishdi. Sektor rahbari eng avvalo uyushmagan yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni bandligini ta’minlash, aholi xonadondalarida daromad manbayini yaratib berish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, sektor rahbari mahalladagi hokim yordamchisi va yoshlar yetakchilari ishtrokida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan xonadonlarda bo‘lib, ular bilan suhbat o‘tkazildi.

 Sektor rahbari hududda 2022 yil hosili uchun ekilgan boshoqli don maydonlarida olib borilayotgan agrotexnika tadbirlarining bajarilishi  bilan ham tanishdi. Boshoqli don maydonlarida olib borilayotgan agrotexnika tadbirlarining bajarilishi yuzasidan fermer xo‘jaligi rahbariga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Kichik biznes va tadbirkorlik su’bektlari faoliyatini kengaytirish yangi ish o‘rinlari yaratish borasida olib borilayotgan ishlarni o‘rganish maqsadida hududdagi tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan fuqorolar bilan uchrashgan sektor rahbari, ular bilan suhbat o‘tkazdi.

Tadbirkor turli xildagi qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini yo‘lga qo‘yish bilan birga 10 nafar fuqorolar bandligini ta’minlagan. Suhbat davomida sektor rahbari tadbirkorga yil yakuniga qadar faoliyatini kengaytirish hamda qo‘shimcha 10 ta yangi ish o‘rinlari yaratishi haqida o‘zining takliflarini berdi.





“Temir daftar”, “Yoshlar daftari” hamda “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolar bilan kunlik manzilli ishlash hamda aholi muammolarini hal etish maqsadida sektor rahbari tomonidan Qorajiyda mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi. Qabul davomida fuqorolarning hayotidagi muamolar, shuningdek, ularning e’tirozlariga sabab bo‘layotgan turli murojaatlari ko‘rib chiqildi. Fuqorolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar tegishli tashkilotlar va sektor rahbari tomonidan nazoratga olindi.

Sektor rahbari jinoyatchilikka qarshi kurashish, notinch va janjalkash oilalar bilan ishlash maqsadida Qorajiyda mahallasidagi notinch oilalarda bo‘lib, ular bilan profilaktik suhbat o‘tkazdi.

Yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Onalar yashil makon uchun!” umummilliy aktsiyasi doirasida Xalqobod, Qorajiyda, Xo‘jaqishloq va Yangiariq mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi xotin-qilar ham faol ishtirok etmoqdalar. Ular hududda mevali va manzarali ko‘chatlar, gullar va terak qalamchalari ekishmoqda. Sektor rahbari ushbu mahallalarda bo‘lib aktsiya doirasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishib, o‘zining fikr va takliflarini berdi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram