Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2022-04-07 11:54:19    173

PDF yuklash
Chop etish



15-sonli musiqa va san’at maktabida mutasaddi tashkilot va korxona rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda 2022 yil hosili uchun yetishtiriladigan pilla hosilini yaratishda ipak qurti boquvchilarini aniqlash va ular bilan shartnomalarni rasmiylashtirish hamda ipak qurtini qisqa muddatlarda jonlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi. Yig‘ilishda tuman hokimi I.Novikov ishtirok etib, mas’ul rahbarlarga o‘zining tegishli ko‘rsatmalarini berdi.

Tuman rahbari 35-umumta’lim maktabida bo‘lib, o‘quv jarayonlari hamda qo‘shimcha fan to‘garaklari faoliyati bilan tanishdi. Ta’lim muassasalari bitiruvchilarini oliy ta’limga kirish ko‘rsatkichlarini yaxshilash maqsadida o‘quvchilarni qiziqishlariga asosan qo‘shimcha dars mashg‘ulotlari tashkil etish yuzasidan mas’ul rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.




Karnaychi mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisi tomonidan hududni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish, hunarmandchilikni rivojlantirish, aholi tomorqalaridan samaraliy foydalanishni yo‘lga qo‘yish hamda aholi muammolarini tizimli hal etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Tuman hokimi tomonidan mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisiga hududda ishsizlikni kamaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, chet elga ishlash istagida ketgan fuqarolarni yashash joyiga qaytarish va ularni doimiy ish bilan ta’minlash hamda aholining ijtimoiy muammolarini belgilangan tartib asosida hal etilishi yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 23 noyabr kungi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq ho‘jaligi ishlab chiqarishida dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-20-sonli qaroriga muvofiq ijara asosida fuqarolarga ajratilgan yer maydonlariga kartoshka va asosiy turdagi oziq-ovqat ekinlari ekilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Tuman hokimi tomonidan mas’ul rahbarlarga ajratilgan yer maydonlariga kartoshka va asosiy turdagi oziq-ovqat ekinlarini qisqa muddatlarda ekilishini ta’minlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.



“Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida tumandagi mahalla fuqarolar yig‘inlarida terak qalamchalari ekish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Loyiha asosida tumanda yashil hududni kengaytirish hamda terak qalamchalari ekish ishlarini tizimli tashkil etish yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram