Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 202 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“BOʻZATOV FEST” YOSHLAR OVOZI KO‘RIK TANLOVINING 1-SEKTOR BOSQICHI O‘TKAZILDI

×

 2022-04-07 11:30:53    157

PDF yuklash
Chop etish



Farg‘ona viloyati hokimligining 2022 yil 24 mart kungi “Yoshlar o‘rtasida kitobxonlik, madaniyat va san’at, intellektual o‘yinlar, axborot texnologiyalari hamda sport turlari bo‘yicha “Besh tashabbus olimpiadasi”ni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 89/01-49-sonli yig‘ilish bayoni ijrosini ta’minlash, tumanda yoshlarni san’atga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish hamda istedodlarni ro‘yyobga chiqarish maqsadida Qo‘shtepa tumanidagi Madaniyat markazida “Boʻzatov fest” yoshlar ovozi ko‘rik tanlovining 1-sektor bosqichi o‘tkazildi.

Tadbirda tuman hokimi I.Novikov hamda DXX Marg‘ilon shahar bo‘limi boshlig‘i Sh.Xatamovlar ishtirok etishdi. 



Tadbirni tuman hokimi ochib, yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan yoshlarga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlarini takidlab o‘tdi va tadbir ishtirokchilariga muvaffaqiyat tiladi.



Shundan so‘ng “Boʻzatov fest” yoshlar ovozi ko‘rik tanlovining 1-sektor bosqichiga start berildi. Tanlov davomida ko‘rik tanlov ishtirokchilari o‘z istedodlarini namoyish etdilar. 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram