Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
IJTIMOIY TARMOQLARDA TARQATILGAN XABARGA MUNOSABAT
2022-04-06 22:02:42 173
Joriy yil 14-mart kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali «Qo‘shtepa hokimi yangi maktab qurish uchun yer bermadi» sarlavhali tanqidiy murojaat e’lon qilingan edi.
Ushbu murojaatda: – “ Biz Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani Shakar MFY hududida yashovchi fuqorolar murojaat qilmoqdamiz. Shakar MFY hududiga maktab zarur.
Sababi ushbu hudud o‘quvchilari 2-3 km uzoqlikda joylashgan Ko‘prikboshi MFY hududida joylashgan 18 son umumiy o‘rta ta’lim maktabiga serqatnov yo‘lni kesib o‘tib borib kelishmoqda.
Bu esa ota onalarni xavotirga solib kelmoqda. Bundan tashqari maktab 600 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib xozirda 900 dan ziyod bolalar ikki smenada ta’lim olishmoqda.
Ikkinchi smena darslari qish kunlarida qosh qorayguncha davom etadi. Bu esa ko‘pgina noqulayliklarni keltirib chiqarmoqda.
29.03.2022 yil kuni tuman hokimiga shu masalada borgan edik. Hokim yangi maktab qurish uchun yer bermasligini aytdi va 20 sotixcha keladigan eski maktab o‘rnida ishlatilingan bino o‘rniga 3 etajli qilib quramiz dedi.
U yerga o‘quv binosi sig‘dirilsa stadion, sport zal, xojatxona qayerga quriladi bilmaymiz. Maktab qurish uchun ham yer ajratilmaydi degan qaror bormi.
Iltimos yuqoridagilarni inobatga olib maktab qurilishi uchun kerakli vazirliklarga eshittirib er ajratilishiga amaliy yordam berishlaringizni suraymiz” – deya shikoyat qilingan.
Qo‘shtepa tumani Shakar mahallasidan yo‘llangan murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz. 2022 yilgi “Maktab filiallarini ta’mirlash” dasturiga ko‘ra Qo‘shtepa tumanidagi 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamda Qorakaltak MFY hududida joylashgan 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabi filiallari rekonstruktsiya qilinib, 120 o‘rinli maktab binosi qurilishi rejalashtirilgan. Hozirda loyiha ishlari yakunlanib, viloyat hokimligi qoshidagi “Yagona buyurtmachi injinering kompaniyasi”ga topshirildi.
Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.