Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 188 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2022-04-05 21:29:23    98

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov bugun 24-umumta’lim maktabida bo‘lib, o‘quv jarayonlari hamda qo‘shimcha fan to‘garaklari faoliyati bilan tanishdi. Shuningdek, ta’lim muassasalari bitiruvchilarini oliy ta’limga kirish ko‘rsatkichlarini yaxshilash maqsadida o‘quvchilarni qiziqishlariga asosan qo‘shimcha dars mashg‘ulotlari tashkil etish yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Tuman Maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli 35-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida bolajonlarga qulay shart-sharoitlar yaratish, sanitariya gigiyeniya qoidalariga hamda oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga alohida e’tibor qaratish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



Shuningdek, tuman rahbari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tumandagi xalq qabulxonasida o‘zining navbatdagi qabulini o‘tkazdi. Qabulda turli muammo va takliflar bilan kelgan 45 nafar fuqarolar moddiy yordam ajratish, ish bilan ta’minlash, elektr va suv ta’minoti, bank, sog‘liqni saqlash, tadbirkorlik, kadastr va shu kabi muammolar bilan qatnashdilar. Tuman hokimi tomonidan qabul jarayonida har bir murojaatga alohida e’tibor berilib, ushbu murojaatlarda ko‘tarilgan muammolarni ijobiy hal etish yuzasidan ma’sullarga muddatlar belgilangan holda tegishli ko‘rsatmalar berildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 23 noyabr kungi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-20-sonli qaroriga muvofiq ijara asosida fuqarolarga ajratilgan yer maydonlariga kartoshka va asosiy turdagi oziq-ovqat ekinlari ekilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Tuman hokimi tomonidan mas’ul rahbarlarga ajratilgan yer maydonlariga kartoshka va asosiy turdagi oziq-ovqat ekinlarini qisqa muddatlarda ekilishini ta’minlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.



Tumanda 2022 yil hosili uchun ekilgan boshoqli don maydonlarida olib borilayotgan agrotexnika tadbirlarini bajarilishi, chigit ekilishi rejalashtirilgan maydonlarda yer tayyorlash va chigit ekish ishlari hamda mahalliy o‘g‘it jamg‘arish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan joylarda yig‘ilishlar o‘tkazildi. 2022 yil hosili uchun ekilgan boshoqli don maydonlarida olib borilayotgan agrotexnika tadbirlarning bajarilishi, chigit ekilishi rejalashtirilgan maydonlarda yer tayyorlash va chigit ekish ishlari hamda mahalliy o‘g‘it jamg‘arish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Tumanda pillachilik sohasini rivojlantirish hamda 2022 yil hosili uchun belgilangan rejani bajarilishini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Tuman hokimi tomonidan mas’ul rahbarlarga ipak qurtini qisqa muddatlarda jonlantirish hamda qurt boquvchilarga yetkazish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram