Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO’SHTEPA TUMANIDA QO’MONDONLIK SHTAB-O’QUV MASHQI O’TKAZILMOQDA
2022-04-04 11:26:20 229
Joriy yilning 4-5-6 aprel kunlari Qo‘shtepa tumanida “Boshqaruv organlari, FVDT hududiy quyi tizimining tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha harakatlari” mavzusida uch kecha kunduz davom etgan “Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi” mavzusida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari o‘tkazilmoqda.
O’quv mashqining asosiy maqsadi, zilzila va uning ikkilamchi omillari natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha tuman va viloyat boshqaruv organlari kuch va vositalarining harakatlarini muvofiqlashtirish hisoblanadi.
O’quv mashqiga jalb etilgan kuch va vositalarni boshqarish maqsadida Qo‘shtepa tumanidagi Bolalar va o‘smirlar sport maktabining o‘yingohi hududida asosiy boshqaruv punkti tashkil etildi.
QShO’Mga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va Qo‘shtepa tumani bo‘limi, shuningdek, tuman hokimligi, kommunal soha, jamoat tartibini saqlash, tez tibbiy yordam, avtotransport xizmatlari hamda hududlardagi mahalla aholisining bir qismi jalb etildi.
Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlarining bugungi, birinchi kunida boshqaruv organlari va FVDT xizmatlari ishtirokida ishchi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Unda Qo‘shtepa tumani hokimi Ilyosbek Novikov, sektor rahbarlari, Farg‘ona viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va Qo‘shtepa tumani bo‘limining mas’ul xodimlari qatnashdilar.
Mashg‘ulot oldidan dastlab barcha qatnashchilar ishtirokida saf ko‘rigi o‘tkazildi. Unda korxona, muassasa va tashkilotlarning tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda zarur vositalar bilan to‘liq ta’minlanganligi, ularning yaroqligi va foydalanishga shayligi nazoratdan o‘tkazildi.
O’quv mashg‘uloti boshqaruv shtabi tashkil etilib, barcha avariya-qutqaruv tuzilmalarining harakati muvofiqlashtirib borilmoqda.
“Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi” mavzusida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari tumanimizda 6 aprelgacha davom etadi.