Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 165 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

IJODIY UCHRASHUV: IJODKORLAR QO’SHTEPADA

×

 2022-04-01 21:12:10    132

PDF yuklash
Chop etish



Bugun Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qo‘shtepa tumani bo‘linmasining tashabbusi bilan o‘quvchi-yoshlarni qamrab olgan “Bilimimiz, iqtidorimiz va shijoatimiz sen uchun, Yangi O’zbekiston!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tumandagi ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilar tomonidan tashkil etilgan namunali tartibdagi to‘garaklarning namoyishi o‘tkazildi.

Tuman yoshlari uzoq vaqtdan beri kutayotgan ijodiy uchrashuvda viloyatimizning taniqli ijodkorlaridan jurnalist, dramaturg Saydali Odilov, taniqli ustoz jurnalist, “Shuhrat” medali va “Mo‘tabar ona” ko‘krak nishonlari sovrindori Xadichaxon Karimova, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi, Farg‘ona davlat universiteti doktoranti Dilnavoz Qo‘ldashevalar ishtirok etishdi. Tadbir davomida ijodkorlar iqtidorli o‘quvchilarga ijodning sir-u asrorlari, mashaqqatlari, uni puxta o‘rganish yo‘llari haqida gapirib, o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. 




Bugungi ijodiy uchrashuv mushoiraga ulanib ketdi. Dilnavoz Qo‘ldasheva boshlab bergan mushoirani umuta’lim maktablarining ijodkor o‘quvchilari davom ettirdi. O’quvchilarga ustoz ijodkorlar o‘z asarlaridan sovg‘a qildi. Mazkur uchrashuv qo‘liga endigina qalam ushlagan murg‘ak qalblarning pokiza ko‘ngil kechinmalarini oq qog‘ozga qoralashga hali uzoq vaqt turtki bo‘lib turadi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram