Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 168 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

VILOYAT MAKTABGACHA TA’LIM BOSHQARMASI BOSHLIG‘INING NAVBATDAGI SAYYOR QABULI QO‘SHTEPA TUMANIDA O‘TKAZILDI

×

 2022-04-01 13:41:32    137

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumanidagi Qayrag‘och mahalla fuqarolar yig‘inida viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i Yulduzxon Xodjayevaning sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

Sayyor qabulda Qo‘shtepa tumani Xalq qabulxonasi mudiri vazifasini bajaruvchi Bexzod Musayev, tuman  maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri Iqbolxon Mahmudova hamda Qayrag‘och mahalla fuqarolar yig‘ining mas’ullari va Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlari ishtirok etishdi.  




Qabul davomida 35 nafar fuqarolar maktabgacha ta’lim tizimiga oid masalada murojaat qilishdi. Murojaatlarning 8 tasi o‘z joyida ijobiy xal qilindi.

Xususan, ishga kirish masallarida murojaat etgan Malika Shukurova, Shoxista Oripova, Kamolotxon Tursunovalar tumandagi 11-sonli DMTTga ishga joylashtirildi. Ta’lim tashkiloti qurish masalasidagi murojaatlar ham yuqori turuvchi tashkilot rahbarlari tomonidan nazoratga olinib,  ijobiy natijaga erishilishi haqida tushuntirsh berildi.

Qolgan murojaatlar yuzasidan sayyor qabul davomida ma’sul muttassadi tashkilot rahbarlariga 15 kun muddat ichida hal qilish vazifalari yuklatildi.

Sayyor qabuldan so‘ng boshqarma boshlig‘i Yulduzxon Xadjayeva ishtirokida DMTT rahbarlariga fuqarolar murojaatlari bilan ishlashda doimo qonuniy yondoshish Prezidentimiz tomonidan qabul qilinayotgan qonunlar ijrosi amalda bo‘lishi lozimligi to‘g‘risida ochiq muloqot o‘tkazildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram