Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 177 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

IJTIMOIY TARMOQLARDA TARQATILGAN XABARGA MUNOSABAT

×

 2022-04-01 11:31:51    114

PDF yuklash
Chop etish





Ijtimoiy tarmoqlar orqali “Aholi ham toza suvdan iste’mol qilsa yaxshi bo‘lardi...” sarlavhali tanqidiy murojaat e’lon qilingan edi.

Ushbu murojaatda: – “Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani Baland masjid mahallasidan yozmoqdamiz. Navro‘z kuchasida joylashgan suv minorasidan kattakonlardan biri o‘zi foydalanadi. Aholi esa “kachat” va quduq suvidan ichadi. Aholi ham toza suvdan iste’mol qilsa yaxshi bo‘lardi. Mazkur masala ijobiy hal etilishiga ishonamiz” – deya shikoyat qilingan. 

Baland masjid mahallasidan yo‘llangan ushbu murojaat “Farg‘ona suv ta’minoti” MChJ Qo‘shtepa tuman bo‘limi xodimlari tomonidan joyiga borib o‘rganilganida quyidagilar ma’lum bo‘ldi.

Baland masjid mahalla fuqarolar yig‘ini Navro‘z ko‘chasida 706 ta xonadon mavjud bo‘lib, 29 ta kichik ko‘chalardan tashkil topgan. Ushbu ko‘chalardan 18 tasida yashovchi 400 ta aholi xonadonlariga “Farg‘ona suv ta’minoti” MChJ Qo‘shtepa tuman bo‘limi tomonidan tizimli ravishda ichimlik suvi yetkazib beriladi.

Murojaatda ko‘rsatilgan tik ichimlik suvi qudug‘idan Navro‘z ko‘chasidagi 1 ta kichik ko‘chaga 300 metr tarmoq tortilgan bo‘lib, 27 ta  xonadonda istiqomat qiluvchi fuqarolar beminnat foydalanib kelmoqda.

Mazkur ichimlik suvi qudug‘i “Farg‘ona suv ta’minoti” MChJ Qo‘shtepa tuman bo‘limi balansida bo‘lmaganligi sababli, bo‘limi tomonidan xizmat ko‘rsatilmagan.

Shuningdek, Baland masjid MFY Navro‘z ko‘chasida yashovchi 300 ta aholi xonadonlarida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida 2022 yilda Jahon banki tomonidan moliyalashtirilayotgan “Aholi turmush darajasini yaxshilash” dasturiga asosan dastlabki hisob-kitob ishlari olib borilmoqda.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram