Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 203 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO’SHTEPALIK CHEMPION TANTANALI KUTIB OLINDI

×

 2022-03-31 21:53:55    115

PDF yuklash
Chop etish



Joriy yil 25-29 mart kunlari Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida paravelosport bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli musobaqada Respublikamiz terma jamoasidan 10 nafar eng saralangan sportchilar ishtirok etishib, o‘z klasslarida g‘olib va sovrindorlar safidan joy oldi.

Osiyo chempionatida qit’amizning 10 ga yaqin mamlakatidan paravelosportchilar ishtirok etishdi.

Terma jamoamiz jami 6-oltin, 3-kumush , 1-bronza medalini qo‘lga kiritgan holda umumjamoa hisobida qit’ada birinchi bo‘ldi.

Quvonarlisi shundaki, Paralimpiya Qo‘mitasining Farg‘ona viloyati bo‘limi sportchisi, Qo‘shtepa tumani, Katta beshkapa MFYda yashovchi Odinaxon Hamdamova ham musobaqaning T- 2 klassida ishtirok etib, oltin medalni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Yurtimizga chempion bo‘lib qaytgan yosh sportchi qiz keng jamoatchilik tomonidan katta tantana bilan kutib olindi. Karnay-surnay sadolari ostida kutib olingan Odinaxon Hamdamovani yaqinlari va mahalladoshlari yutug‘i bilan qutladilar.



Tuman hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari bugun ushbu xonadonda bo‘lib, Odinaxon Hamdamovani g‘alaba bilan muborakbod etishdi hamda Chempionga tuman hokimligining qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram