Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TUMAN PROKURORINING SAYYOR QABULI O’TKAZILDI
![](https://qoshtepa.uz/uploads/bot/e5154ed0ed2de2a47befe.jpg)
2022-03-31 11:09:34 151
![](https://telegra.ph/file/e5154ed0ed2de2a47befe.jpg)
Eshonguzar mahalla fuqarolar yig‘inida Qo‘shtepa tumani prokurori, 2-sektor rahbari Farxodjon Ismoilovning sayyor qabuli o‘tkazildi.
Eshonguzar mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi aholining muammolarini joyiga chiqqan holda o‘rganish va ijobiy hal etish maqsadida o‘tkazilgan sayyor qabulda tumandagi tegishli tashkilot va korxona rahbarlari ham ishtirok etdilar.
Sayyor qabul davomida fuqarolar o‘zlarini qiynab kelayotgan turli muammolar bo‘yicha tuman prokuroriga murojaat qildilar.
Eshonguzar mahallasi, Yoshlik ko‘chasi, 12-uyda yashovchi Yorqinoy Xaydarovaning chevarchilik faoliyati bilan shug‘ullanib, bandligini ta’minlash uchun bepul tikuv mashinasi olishda amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati qabul chog‘ida hal etildi. Sektor rahbari tomonidan unga bepul tikuv mashinasi berildi.
![](https://telegra.ph/file/ba96310227070c4045bd4.jpg)
Shuningdek, qabul davomida barcha murojaatlar tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, ayrim murojaatlar huquqiy maslahat va tushunchalar bilan qoniqtirildi. Muddat talab etiluvchi murojaatlar esa hal etish uchun tegishli mutasaddilarga biriktirilib, nazoratga olindi.