Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 201 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2022-03-26 20:33:23    121

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov 29-umumta’lim maktabida faxriylar o‘rtasida sportning volebol turi bo‘yicha o‘tkazilgan sport tadbirda ishtirok etdi. Tadbirda tuman jamoalaridan tashqari viloyatning Qo‘qon va Quva tumanlari hamda Andijon viloyati jamoalari ham ishtirok etishdi. Tadbirni tuman rahbari ochib, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan aholi o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirishga berilayotgan e’tiborlari natijasida yurtimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi tumanimizda ham aholini sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratib kelinayotganligini takidlab o‘tdi hamda tadbir ishtirokchilariga muvaffaqiyat tiladi.

Tuman hokimi Yo‘ldoshobod mahalla fuqarolar yig‘ini hududida bo‘lib, “Kichik sanoat zonasi”da joylashgan sanoat korxonalari faoliyati hamda hududda yangi tashkil etilayotgan sanoat loyihalari bilan tanishdi. Tadbirkorlarga faoliyatlarini kengaytirish va yangi ish o‘rinlari tashkil etish hamda hududda yangi tashkil etilayotgan loyihalarni belgilangan muddatda ishga tushirish yuzasidan mas’ul rahbarlar va loyiha tashabbuskorlariga tegishli ko‘rsatmalar berildi.



Tuman rahbari Yo‘ldoshobod mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisi tomonidan hududni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish, aholi tomorqalaridan samaraliy foydalanishni yo‘lga qo‘yish hamda aholi muammolarini tizimli hal etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni ham o‘rgandi. Tuman hokimi tomonidan mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisiga hududda ishsizlikni kamaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, chet elga ishlash istagida ketgan fuqarolarni yashash joyiga qaytarish va ularni doimiy ish bilan ta’minlash hamda aholining ijtimoiy muammolarini belgilangan tartib asosida hal etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Shuningdek, tumanda 2022 yil hosili uchun ekilgan boshoqli don maydonlarida olib borilayotgan agrotexnika tadbirlarini bajarilishi, chigit ekilishi rejalashtirilgan maydonlarda yer tayyorlash ishlari hamda mahalliy o‘g‘it jamg‘arish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Tuman hokimi tomonidan 2022 yil hosili uchun ekilgan boshoqli don maydonlarida olib borilayotgan agrotexnika tadbirlarining bajarilishi, chigit ekilishi rejalashtirilgan maydonlarda yer tayyorlash ishlari hamda mahalliy o‘g‘it jamg‘arish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram