Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 143 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO’SHTEPA TUMANIDA PRESS-TUR VA MATBUOT ANJUMANI BO’LIB O’TDI

×

 2022-03-26 16:14:26    157

PDF yuklash
Chop etish



Ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun Qo‘shtepa tumanida press-tur tashkil etildi. Tadbirda viloyatimizda faoliyat olib borayotgan jurnalist va blogerlar ishtirok etishdi.  





“Nurafshon” kichik sanoat zonasida “Fergana Global Infinity” MChJ tomonidan “To‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda ishlab chiqarish binosi qurib bitkazilib, tom qismini o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda. Hozirda 200 nafardan ziyod quruvchi va ishchilar qurilish ishlariga jalb qilingan. Ob’ektda ishchilar uchun oshxona, yotoqxona bino-inshootlari mavjud bo‘lib, qurilish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Mazkur loyiha amalga oshirilishi natijasida 2700 nafar yangi ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan.




Tadbir ishtirokchilari dastlab “Fergana Global Infinity” MChJda bo‘lib, bu yerda olib borilayotgan qurilish jarayoni hamda ishchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. 



Press-turdan so‘ng tuman hokimi Ilyosbek Novikov ishtirokida “Qo‘shtepa tumanida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar bilan ishlash borasida amalga oshirilgan ishlar, 2022 yilgi rejalar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi. Tadbirda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni bandligini ta’minlash yuzasidan tumanda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi.




Anjuman davomida tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram