Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 74 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

2-SEKTOR RAHBARI HUDUDLARDA

×

 2022-03-25 14:20:16    150

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani prokurori, 2-sektor rahbari F.Ismoilov Sarmozor mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hududdagi sanoat ishlab chiqarish korxonalari hamda xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyatlari bilan tanishdi. Shuningdek, “Ayollar daftari”da turuvchi xonadonlardagi shart-sharoitlarni o‘rgandi.



Xususan sektor rahbari mahalla hududidagi “Fayzli Robiyaxon jilosi” baxmal ishlab chiqarish korxonasida bo‘lib, tadbirkorning ish faoliyati va kelajakdagi istiqbolli rejalari bilan yaqindan tanishdi. Tadbirkor bilan suhbatlashib, muammolarini tingladi va o‘z takliflarini berdi.



“Guljahon” xususiy maktabgacha ta’lim maskanida bo‘lgan sektor rahbari tomonidan muassasada bolajonlarga qulay shart-sharoitlar yaratish, sanitariya-gigiyeniya qoidalariga hamda oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga alohida e’tibor qaratish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



Mahallaning “Ayollar daftari”da turuvchi Dilafruz Aripovaning yashash sharoiti bilan yaqindan tanishgan sektor rahbari, o‘zining kerakli tavsiyalarini berdi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram