Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 199 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIM TADBIRKORLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O’TKAZDI

×

 2022-03-24 16:04:20    103

PDF yuklash
Chop etish



Keyingi yillarda Qo‘shtepa tumanida tadbirkorlikni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilish va biznesni yuritish uchun qulay muhit yaratish, tadbirkorlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishning huquqiy kafolatlarini mustahkamlash sohasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. 




Amaliy ishlar davomi sifatida bugun Tadbirkorlar uyida tuman hokimi Ilyosbek Novikovning mahalladagi tadbirkorlar, biznes vakillari va hunarmandlar bilan ochiq muloqoti o‘tkazildi.

“Qo‘shtepa tumani mahallalarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusidagi ochiq muloqotda tuman hokimining o‘rinbosarlari, mas’ul idora va tashkilotlarning rahbarlari ham ishtirok etishdi. 



Tadbirda tuman rahbari Ilyosbek Novikov bugungi kundagi tadbirkorlik muhiti haqida o‘zining fikrlarini bildirib o‘tdi. Shuningdek, tadbirkorlarni qiynayotgan muammolar, o‘z biznesi va tadbirkorligini boshlamoqchi bo‘lganlar duch kelayotgan masalalar ham tuman hokimi tomonidan o‘rganildi. 




Muloqotda tadbirkorlar va hunarmandlar o‘z faoliyati bilan bog‘liq muammo va taklif-mulohazalarini ham o‘rtaga tashladi. Tadbirkorlar murojaati birma-bir tinglanib, ularni hal etish yuzasidan mutasaddilarga aniq vazifalar topshirildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram