Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 151 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

NAVRO’Z – MEHR OQIBAT BAYRAMI

×

 2022-03-19 20:35:09    118

PDF yuklash
Chop etish



Yurtimizda ulug‘ kunlarda, bayramlarda ko‘ngli o‘ksik, boquvchisini yo‘qotgan, kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalar holidan xabar olish, ularni yo‘qlash uruf-odatga aylangan. Darhaqiqat yillar davomida shakllangan qadriyatlarimiz Navro‘z bayrami arafasida yana davom ettirilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘i va bevosita nazorati ostida amalga oshirilgan “Mehr 2” operatsiyasida Iroqdagi urush nuqtalaridan Qo‘shtepa tumaniga olib kelingan Azimov Muhammad Ismoiljon o‘g‘li va Azimov Saidbek Ismoiljon o‘g‘lilari ham e’tibordan chetda qolmadi. Bugun ularning holidan xabar olindi. Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Qo‘shtepa tumani vakili S.Nuriddinov hamda Sarmozor masjidi imom-xatibi A.Xasanovlar ularning xonadoniga borib, bobosi Asadullo Azizov bilan suhbat o‘tkazdilar.

Bayram arafasida ularga oziq-ovqat mahsulotlari va voyaga yetmaganlarga o‘yinchoqlar berildi. 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram