Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 182 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

IJTIMOIY TARMOQLARDA TARQATILGAN XABARGA MUNOSABAT

×

 2022-03-17 20:19:13    97

PDF yuklash
Chop etish



Joriy yil 14-mart kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali tanqidiy murojaat e’lon qilingan edi.

Ushbu murojaatda: – Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani Xalqobod MFY dagi bolalar va o‘smirlar sport maktabi oldidagi ko‘cha achinarli ahvolga kelib qolgan.

Yoz kunlarida ko‘tariladigan chang to‘zon, qishda loyga botishi bolalarning maktabga qatnovini qiyinlashtirmoqda. Tuman xokimligi mas’ullariga bir necha bor murojaat qilingan, ammo shu kungacha hech qanday natija yo‘q.

Holat bo‘yicha mas’ullarning munosabatini kutib qolamiz” – deya shikoyat qilingan. 

Qo‘shtepa tumani Xalqobod mahallasidan yo‘llangan murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz. Ushbu murojaat tuman hokimligi va shu sohaga dahldor mutaxassislar tomonidan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonunining tegishli moddalariga asosan joyiga borgan holda o‘rganildi.

Xalqobod mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi oldidagi ko‘chani asfaltlashtirish ishlari mahalliy byudjet mablag‘larini hisobga olgan holda belgilangan tartibda 2022-yil III-chorakda bosqichma-bosqich amalga oshirilishini ma’lum qilamiz.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram