Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 236 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO’SHTEPA TUMANIDA NAVRO’Z BAYRAMI KENG NISHONLANDI

×

 2022-03-17 15:29:18    178

PDF yuklash
Chop etish



Ona tabiatni sevish va ardoqlash, hayot gultoji bo‘lmish insonni qadrlash Vatanga muhabbat va sadoqat kabi g‘oyalarni o‘zida mujassam etgan Navro‘z xalqimizning eng qadimiy, asl milliy bayramidir.

Bugun Qo‘shtepa tumanida umumxalq bayrami bo‘lgan Navro‘z ayyomi keng nishonlandi. Bu yilgi bayram tadbiri har yilgidan ham o‘zgacha ruhda, ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi. Erta tongdan qo‘shtepaliklar uchun Qiyqi mahalla fuqarolar yig‘ini hududida bayram sayli boshlandi.



Qo‘shtepa tumanida bir necha millat va elat vakillari bir ota-ona farzandlaridek ahil inoq yashamoqda. Ular umumiy uyimiz – O’zbekistonimiz ravnaqi yo‘lida barcha sohalarda fidokorona mehnat qilmoqda. Bu ahil va inoqlik bugungi tadbirda ham o‘z ifodasini topdi.

Bayram tadbirida tumandagi korxona, tashkilot, muassasalar, umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, tibbiyot muassasalari, mahallalar, fermerlar, tadbirkorlar va hunarmandlar tomonidan tayyorlangan maxsus bo‘limlarda Navro‘z taomlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar, yosh rassomlarning ijodiy ishlari va hunarmandlarning buyumlari sayil ishtirokchilari e’tiborini tortdi.






Bayram tadbiriga tuman hokimi Ilyosbek Novikov hamda sektor rahbarlari, shuningdek, tuman faollari kirib keldilar. Ular dastlab sayil ishtirokchilari – mehnat faxriylari, keng jamoatchilik, tadbirkorlar-u hunarmandlar hamda yoshlar bilan uchrashishdi.



Shundan so‘ng tuman hokimi Ilyosbek Novikov yangilanish va yasharish bayrami Navro‘z ayyomi bilan barchani muborakbod etdi.



Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan tuman madaniyat bo‘limining teatrlashtirilgan “Assalom, Navro‘z – yangilanish, mehar-oqibat va qadr-qimmat ayyomi!” deb nomlangan katta bayram kontsert dasturi tayyorlanib, bayram ishtirokchilariga namoyish etildi.






Kontsert dasturida uyg‘onish fasli bo‘lmish bahorning kelganini aks ettiruvchi teatrlashtirilgan musiqali tomosha dasturi bayram shodionasiga ko‘tarinki ruh bahshida etdi.

Dastur davomida madaniyat markazi xodimlari tomonidan bahor va navro‘zni tarannum etuvchi qo‘shiqlar ijro etildi.




Bayram tadbirida elimiz ardog‘idagi san’atkorlar Ilhom Ibroximov, Nuriddin Asqarov, Akmal Sadixonovlar o‘zlarining kuy-qo‘shiqlari bilan Navro‘z shodiyonasiga yanada ko‘tarinki kayfiyat baxshida etdi.





Shuningdek, jajji bolajonlar tomonidan qo‘shiq va raqslar, askiyachilarning xazil mutoyibalari ham namoyish etildi.



Kontserdan so‘ng bayram ishtirokchilari uchun doshqozonda tayyorlangan sumalak va osh tortildi. Bayram shukuhi esa davom etmoqda. 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram