Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 207 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2022-03-16 19:52:33    198

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov Xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 11-umumta’lim maktabida bo‘lib, o‘quv jarayonlari hamda qo‘shimcha fan to‘garaklari faoliyati bilan tanishdi. Ta’lim muassasi bitiruvchilarini oliy ta’limga kirish ko‘rsatkichlarini yaxshilash maqsadida o‘quvchilarni qiziqishlariga asosan qo‘shimcha dars mashg‘ulotlari tashkil etish yuzasidan mas’ul rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.




Tuman Maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli 36-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida bolajonlarga qulay shart-sharoitlar yaratish, sanitariya gigiyeniya qoidalariga hamda oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga alohida e’tibor qaratish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 1 mart kungi “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-81-sonli Farmoni ijrosini tumanda samarali tashkil etish hamda mahalla fuqarolar yig‘inlarida tashkil etilayotgan xotin-qizlar faoli lavozimiga ko‘rsatilgan nomzodlar bilan suhbat o‘tkazilib, mazkur lavozimlarga sohada tajribaga ega bo‘lgan munosib nomzodlar tanlab olindi.

Tumanda 2022 yil hosili uchun ekilgan boshoqli don maydonlarida olib borilayotgan agrotexnika tadbirlarining bajarilishi, chigit ekilishi rejalashtirilgan maydonlarda yer tayyorlash ishlari hamda mahalliy o‘g‘it jamg‘arish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Tuman hokimi tomonidan 2022 yil hosili uchun ekilgan boshoqli don maydonlarida olib borilayotgan agrotexnika tadbirlarini bajarilishi, chigit ekilishi rejalashtirilgan maydonlarda yer tayyorlash ishlari hamda mahalliy o‘g‘it jamg‘arish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

“Yoshlar markazi”da tuman hokimining o‘rinbosarlari hamda mas’ul korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida tumanda “Navro‘z” umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish, uni yuqori saviyada o‘tkazish, jamoat tartibini saqlash va aholi havfsizligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Tuman hokimi tomonidan mutasaddi rahbarlarga “Navro‘z” bayrami arafasida joylarda hamda tuman Madaniyat markazida o‘tkaziladigan bayram tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish, jamoat tartibini saqlash va aholi havfsizligini ta’minlash hamda bayram yarmarkalari tashkil etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.



Tumanda yoshlar bilan ishlashni tizimli tashkil etish, ularni tadbirkorlikka yo‘naltirish, bandligini ta’minlash hamda muammolarini hal etish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, tuman “Yoshlar markazi”da Qiyqi mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi yoshlar ishtirokida “Hokim va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi. Uchrashuv davomida 10 nafar yoshlar turli taklif va muammolar bilan murojaat qilishdi. Tuman hokimi tomonidan uchrashuvda ko‘tarilgan taklif va muammolarni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli korxona va tashkilot rahbarlariga ko‘rsatmalar berildi.



Shuningdek, Qiyqi mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisi tomonidan hududni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish, hunarmandchilikni rivojlantirish, aholi tomorqalaridan samaraliy foydalanishni yo‘lga qo‘yish hamda aholi muammolarini tizimli hal etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganildi. Tuman hokimi tomonidan mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisiga hududda ishsizlikni kamaytirish, kichik biznes va hususiy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, chet elga ishlash istagida ketgan fuqarolarni yashash joyiga qaytarish va ularni doimiy ish bilan ta’minlash hamda aholining ijtimoiy muammolarini belgilangan tartib asosida hal etilish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram