Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 236 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SUMALAK SAYLI

×

 2022-03-14 21:27:52    272

PDF yuklash
Chop etish



Har yili bahor fasli kelishi bilan yurtimizda Navro‘z taomi hisoblanuvchi sumalak tayyorlanadi. Sumalak sayli – Navro‘z bayramining uzviy bir qismidir. Sumalak pishirish shunchaki bir taom pishirish emas, yoshu keksa yig‘ilib bir kechayu, bir kunduz davomida katta gulxan yoqib, o‘yin – kulgu qilish, turli qo‘shiqlarni aytish, xalq o‘yinlarini o‘ynash demakdir.

Bu taom xalqimiz urf-odati, hayoti va an’anasiga aylangan tarixiy taomlardan sanaladi. Sumalak sayli qadimdan kishilarda birdamlik, ahillik hissini tarbiyalab kelgan.

Qo‘shtepa tumanidagi “Yoshlar markazida” mahallalardagi yoshlar yetakchilari ishtirokida “Assalom navro‘z” tadbiri o‘tkazildi. Tadbir bevosita sumalak sayliga ulanib ketdi. Yoshlar yetakchilarining tashabbusi bilan doshqozonda sumalak qaynatildi.



Sumalak sayli tongacha davom etdi. Tadbirda tuman hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari, viloyat Yoshlar ishlari agentligi rahbari M.G’aniyevlar ham ishtirok etishdi.

Shuningdek, bayram tadbiriga tashrif buyurgan iste’dodli xonanadalarning milliy kuy va qo‘shiqlari bayram shukuhini yanada ko‘tardi. 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram