Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 209 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2022-03-14 20:15:47    139

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov bugun 14-umumta’lim maktabida bo‘lib, o‘quv jarayonlari hamda qo‘shimcha fan to‘garaklari faoliyati bilan tanishdi. Ta’lim muassasalari bitiruvchilarini oliy ta’limga kirish ko‘rsatkichlarini yaxshilash maqsadida o‘quvchilarni qiziqishlariga asosan qo‘shimcha dars mashg‘ulotlari tashkil etish yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.

28-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lgan tuman rahbari bolajonlarga qulay shart-sharoitlar yaratish, sanitariya-gigiyeniya qoidalariga hamda oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga alohida e’tibor qaratish yuzasidan o‘zining tegishli ko‘rsatmalarini berdi.



Sektor rahbari tuman Tibbiyot bilashmasi tasarrufidagi “G’ishtmon” qishloq vrachlik punktida bo‘lib, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda koronavirus kasalligiga qarshi vaktsina bilan emlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi. Mas’ul rahbarlarga aholini koronavirus kasalligiga qarshi vaktsina bilan emlash bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.



Shuningdek, tumandagi mavjud bog‘ maydonlaridan samarali foydalanish, bahorgi agrotexnika tadbirlarini bajarilishi hamda bog‘ qator oralariga sabzavot va poliz ekinlari joylashtirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishgan tuman hokimi tomonidan mas’ul rahbarlarga bog‘lardan samarali foydalanish, bahorgi agrotexnika tadbirlarini bajarilishi hamda bog‘ qator oralariga sabzavot va poliz ekinlarini belgilangan tartib asosida joylashtirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram