Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
MAHALLALARDAGI YOSHLAR YETAKCHILARIGA PLANSHETLAR TOPSHIRILDI
2022-03-14 19:36:00 195
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19 yanvar kungi «Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan Qo‘shtepa tumanidagi 51 ta mahallada yoshlar yetakchilari o‘z faoliyatlarini olib bormoqdalar.
Bugun, “Madaniyat markazi”da tuman hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari, DXX Marg‘ilon shahar bo‘limi boshlig‘i Sh.Xatamov hamda Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limining mas’ullari ishtirokida 51 ta mahallalardagi yoshlar yetakchilarining ish samaradorligini yanada oshirish maqsadida ularning har biriga zamonaviy so‘ngi rusumdagi planshetlar topshirildi.
Shuningdek, mahallalarda yoshlar o‘rtasida sportni yanada rivojlantirish hamda bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanishlarini tashkil etish maqsadida 51 ta mahallalardagi yoshlar yetakchilariga bir necha turdagi sport anjomlari ham topshirildi.
Ushbu yaratib berilayotgan sharoitlar kelgusida mahallalardagi yoshlar yetakchilari ish faoliyatining yanada jadallashishiga asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi.