Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 228 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MAJBURIYATINI UNUTGAN OTA JAVOBGARLIKKA TORTILDI

×

 2022-03-09 09:15:06    148

PDF yuklash
Chop etish



Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlarida joriy yilning fevral-mart oylari «Aliment undiruvi oyligi» deb e’lon qilingani munosabati bilan bu boradagi ishlar qizg‘in tus oldi.

Byuroning birgina Qo‘shtepa tumani bo‘limi ish yurituvida 1100 tadan ortiq aliment undiruvi bilan bog‘liq ijro hujjatlari mavjud. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Marg‘ilon tumanlararo sudining 2021 yil 8 fevraldagi sud buyrug‘iga asosan Xumdon MFY, Baxt ko‘chasida yashovchi M.M.dan fuqaro Sh.M. foydasiga 2 nafar voyaga yetmagan farzandlari ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan. 

Otalik majburiyatini bajarishdan bo‘yin tovlagan qarzdor M.M. bir yil mobaynida jami 9.162.945 so‘mlik aliment pullarini to‘lamagani uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘shtepa tumani sudining 2022 yil 4 martdagi qarori bilan O’zbekiston Respublikasi MJtKning 474-moddasi 1-qismidagi huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, unga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. 

Jigarbandlariga nisbatan otalik hissiyoti uyg‘onishi va qalb «ko‘zi» ochilishi uchun M.M.ga bu muddat yetarli bo‘lsa kerak, deb umid qilamiz.

Aks holda, bu kabi xatti-harakatlar kelgusida uni jinoyat «eshigi» tomon yetaklashi mumkin. 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram