Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO‘SHTEPA TUMANI HOKIMI ILYOSBEK NOVIKOVNING 8-MART XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TABRIGI
![](https://qoshtepa.uz/uploads/bot/4370a2c1880c1f3090b25.jpg)
2022-03-08 08:40:10 181
![](https://telegra.ph/file/4370a2c1880c1f3090b25.jpg)
Assalomu alaykum muhtarama onaxonlar, qadrli opa-singillar!
Barchamiz orziqib kutgan yangilanish va yasharish fasli bo‘lmish bahor kirib kelishi bilan tabiat uyg‘onib, ko‘ngillarimiz yorug‘ tuyg‘ularga to‘lib borayotgan mana shu shukuhli ayyomda Sizlarni, Sizlar orqali butun tumanimiz xotin-qizlarini 8-mart xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!
Biz bugun Yaratganning buyuk mo‘’jizasi bo‘lgan, hayot davomiyligi va abadiyligini o‘zida mujassam etgan, ayol deb atalgan ojiza qalb egalarini, tabarruk onalarni ulug‘lar ekanmiz, beixtiyor “Jannat onalar oyog‘i ostidadir” degan hikmatli so‘zlarni eslaymiz va muqaddas Ona siymosi oldida ta’zim qilamiz.
O’zining latofati va nafosati, vafo va sadoqati, qalb saxovati bilan oilani oila qiladigan, xonadonlarimiz bekasi bo‘lmish Siz, munis ayollarimizga har qancha tasannolar aytsak, sizlarni har qancha e’zozlab, boshimizga ko‘tarsak, arziydi, albatta.
Bugungi kunda ayollarimizning nozik qo‘llari, intellektual salohiyati, tirishqoqligi va mahorati bilan yurtimizda ko‘plab sohalar keng rivoj topmoqda. Boshqacha aytganda, bizning ayollarimiz ana shu o‘ta murakkab jabhada ham barchani qoyil qoldirmoqda.
Haqiqatan ham, sizlarning yurtimizda tinchlik-osoyishtalikni saqlash, oilalarni mustahkamlash, jamiyatimizda mehr-oqibat muhitini kuchaytirishdagi o‘rningiz va ta’siringizni, chidam va sabr-bardosh, oqilalik va shukronalik kabi fazilatlaringizni hech narsa bilan qiyoslab, baholab bo‘lmaydi.
O’zining go‘zalligi va fidoyiligi, mehnatkashligi va bag‘rikengligi bilan bizning yurtimiz ayollariga teng keladigan ayollar dunyoda yo‘q desam mubolag‘a bo‘lmaydi.
Aziz va muxtarama ayollar, onaxonlar, opa-singillar!
Barchangizga uzoq umr, sihat-salomatlik tilagan holda, yana bir-bor bahorning ilk bayrami 8-mart xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbdan muborakbod etaman.