Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
VELOMARAFON BO’LIB O’TDI
![](https://qoshtepa.uz/uploads/bot/90de122dd3c60e87ccb00.jpg)
2022-03-06 12:08:14 117
![](https://telegra.ph/file/90de122dd3c60e87ccb00.jpg)
Qo‘shtepa tumani xotin-qizlar jamoatchilik Kengashi, viloyat sport va turizm bo‘limi, viloyat Kasaba uyushmalar federatsiyasi hamkorligida 8-mart xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan “Ayol rozi bo‘lsa-jamiyat rozi bo‘ladi” deb nomlangan ezgu g‘oya asosida velemarofon o‘tkazildi.
Tadbirda sportning ushbu turiga qiziqqan 30 nafar qo‘shtepalik opa-singillarimiz ishtirok etishdi.
Tumanning Qorajiyda qishlog‘idan start olgan velosportchilar Farg‘ona shahridagi San’at saroyining yonigacha bo‘lgan masofani bosib o‘tdilar.
Marraga yetib borgan sportchilarni viloyat hokimligining mas’ul vakillari tantanali ravishda kutib oldilar.
![](https://telegra.ph/file/2f807c01143f629f05924.jpg)
![](https://telegra.ph/file/2fd1418a0d5c59e624aa2.jpg)
Velomarafon g‘oliblari va faol qatnashchilari esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.