Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
EZGU HARAKATDA BARCHA FAOL
![](https://qoshtepa.uz/uploads/bot/a9782c6b5bbea10ce6431.jpg)
2022-03-05 19:08:15 160
![](https://telegra.ph/file/a9782c6b5bbea10ce6431.jpg)
Xalqimizda azaldan tozalik va orastalikka, obodonchilik ishlariga alohida e’tibor qaratilgan.
Yurtimizda turli bayramlar, muqaddas sanalar oldidan hashar o‘tkazish va shu orqali hududlarni obodonlashtirish yaxshi an’anaga aylangan.
![](https://telegra.ph/file/8b022908c3c45cc1c23fb.jpg)
Qo‘shtepa tumanida ham ana shunday an’ana, hashar maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlari tomonidan amalga oshirildi. Ushbu hashar bugun erta tongdanoq uyushqoqlik bilan boshlandi. Ko‘tarinki ruxda o‘tkazilgan tadbirda 1500 nafardan ortiq maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlari tomonidan obodondashtirish ishlari olib borildi. Ekin maydonlari chopilib, daraxtlar oqlandi, keraksiz shoxlari butaldi. Chopib tozalangan yerlarga turli ekinlar ekildi. Ta’lim tashkilotlariga yig‘ilgan chiqindilar esa “Toza hudud” MChJ tomonidan olib chiqib tashlandi.
Shuningdek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi bo‘yicha har bir ta’lim tashkilotlariga 2000 tupdan ortiq mevali va manzalari daraxtlar, gul ko‘chatlari ekildi.