Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 209 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2022-03-05 08:16:27    109

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov tuman Tibbiyot bilashmasi tasarrufidagi 86-sonli qishloq oilaviy poliklinikasida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda koronavirus kasalligiga qarshi vaktsina bilan emlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Mas’ul rahbarlarga aholini koronavirus kasalligiga qarshi vaktsina bilan emlash bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.



Tuman Madaniyat bo‘limi tasarrufidagi “Istiqlol” madaniyat markazida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganilib, tuman hokimi tomonidan mutasaddi rahbarlarga qurilish ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash hamda “Navro‘z” umumxalq bayrami arafasida foydalanishga topshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.



Aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘tkazish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash hamda ijobiy hal etish maqsadida, tuman hokimining Namuna mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi. Qabul davomida 10 nafar fuqarolar turli masalalar bilan murojaat qildilar. Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammo va takliflarni o‘rganib chiqib, ijobiy hal etish yuzasidan mas’ul korxona va tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berildi.



Namuna mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisi tomonidan hududni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish, aholi tomorqalaridan samaraliy foydalanishni yo‘lga qo‘yish hamda aholi muammolarini tizimli hal etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisiga hududda ishsizlikni kamaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, chet elga ishlash istagida ketgan fuqarolarni yashash joyiga qaytarish va ularni doimiy ish bilan ta’minlash hamda aholining ijtimoiy muammolarini belgilangan tartib asosida hal etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



Davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan aholi bandligini ta’minlash hamda daromad manbaylarini oshirish maqsadida joriy etilgan ijara asosida aholiga yer maydonlari ajratish bo‘yicha Sohibkor va Karnaychi mahalla fuqarolar yig‘inlarida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi. Mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, hokim yordamchisi hamda yoshlar yetakchisi tavsiyalariga asosan elektron tanlovlarda g‘olib bo‘lgan bir guruh ishsiz fuqarolarga yer maydonlari ajratib berildi. Tuman hokimi tomonidan fuqarolarga ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalanish hamda oila byudjetini oshirishda asosiy mezon bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha takliflar berildi.

Shuningdek, tumanda 2022 yil hosili uchun ekilgan boshoqli don ekinlarini parvarishlash, mahalliy o‘g‘it jamg‘arish, sho‘r yuvish hamda sug‘orish ariqlari va zovurlarni tozalash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Tuman hokimi tomonidan 2022 yil hosili uchun ekilgan boshoqli don ekin maydonlarini sharbat usulida sug‘orish, mahalliy o‘g‘it jamg‘arish, sho‘r yuvish hamda sug‘orish ariqlari va zovurlarni tozalash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram