Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 241 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KATTABOLTAKO’LDA “YOSHLAR FESTIVALI” O’TKAZILDI

×

 2022-03-03 20:18:11    189

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani Yoshlar ishlari agentligi va Kattaboltako‘l mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan yoshlar yetakchisining tashabbusi bilan ushbu hududda “Yoshlar festivali” bo‘lib o‘tdi.





Tadbir davomida “Salomatlik sari 5000 qadam” yurish marafoni, ertalabki badantarbiya mashqlari, sportning “Mini futbol” turi bo‘yicha o‘g‘il bolalar o‘rtasida tuman hokimi kubogi, “Voleybol” bo‘yicha xotin-qizlar o‘rtasida tuman prokurori kubogi, stol tennisi va shaxmat-shashka bo‘yicha DSI boshlig‘i kubogi, arqon tortish va tosh ko‘tarish musobaqasi, “Quvnoq startlar” (Yozgi biatlon), “Zakovat” intelektual o‘yini IIB boshlig‘i kubogi uchun, shuningdek, “Uch avlod uchrashuvi”, tasviriy ishlanmalar ko‘rgazmasi, viloyat IIB kinologlar bo‘limi hamda Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi maxsus bo‘limi xizmachilarining qo‘l jangi chiqishlari, “Yosh oshpazlar” ko‘rik tanlovi, mahalladagi yosh bolalar o‘rtasida “Varrak uchirish” sayli, “Kurash” musobaqasi, “Sumalak” sayli kabi 15 turdagi ma’naviy-ma’rifiy bellashuvlar va sport musoboqalari bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda tumandagi sektor rahbarlari hamda DXX Marg‘ilon shahar bo‘limi boshlig‘i Sh.Xatamovlar ishtirok etishdi.




Tadbir davomida tadbirkor va hunarmandlarning mahsulotlari ko‘rgazmasi, Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi ham o‘tkazildi.




Shuningdek, san’atkorlarning chiqishlari tadbir qatnashchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.







Festeval yakunida sektor rahbarlari ishtirokida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar hamda sportchilarga kuboklar, diplomlar hamda esdalik sovg‘alar topshirildi. 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram