Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
AYOL BAXTLI BO’LSA, JAMIYAT BAXTLI BO’LADI
![](https://qoshtepa.uz/uploads/bot/ab0ad899867a13044abbc.jpg)
2022-03-03 19:18:16 144
![](https://telegra.ph/file/ab0ad899867a13044abbc.jpg)
Viloyat hokimining 2022 yil 19 fevral kungi “Xotin-qizlarni e’zozlash haftaligi”ga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 55/01-49 sonli yig‘ilish bayoni ijrosini ta’minlapsh maqsadida, barcha shahar tumanlarda ishchi guruh tarkibi hamda 2022 yilning 3-10 mart kunlari “Ayolni e’zozlash – ezgulik va adolat mezoni” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan “Xotin-qizlarni e’zozlash haftaligi”ni o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida Qo‘shtepa tumanida tadbir o‘tkazildi.
![](https://telegra.ph/file/3c002f3c52765189b20bd.jpg)
![](https://telegra.ph/file/b2693896ce0f812b2456f.jpg)
![](https://telegra.ph/file/39c7f62bb441343f0477f.jpg)
“Ayol baxtli bo‘lsa, jamiyat baxtli bo‘ladi” shiori ostida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda sektor rahbarlari, turli sohalarda faoliyat yuritgan mehnat faxriylari, “Ayollar daftari”ga hisobga olingan ijtimoiy og‘ir sharoitdagi xotin-qizlar, bugungi kunda jamiyatmizda faol ishtirok etayotgan ayollar hamda uy bekalari ishtirok etdilar.
![](https://telegra.ph/file/8299c3c89d0124b47656a.jpg)
![](https://telegra.ph/file/dd93c4003564edc7912e8.jpg)
![](https://telegra.ph/file/c86901e5e8bfc0a681364.jpg)
![](https://telegra.ph/file/0e2f08ebb69160d006aaa.jpg)
Tadbirda sumalak sayli, folklor ayollar chiqishlari, tadbirkor ayollarning turli yo‘nalishdagi ko‘rgazmalari hamda sport musobaqalari tashkil etildi.
![](https://telegra.ph/file/29b99b9b345b31268f953.jpg)
![](https://telegra.ph/file/fe782995c9ce9e2d7e4ae.jpg)
![](https://telegra.ph/file/ca922e6d636878266861e.jpg)
Tadbirga Respublika ishchi guruhi a’zolari ham tashrif buyurishdi. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi xodimi Pardaxol Norqobilova ayollarimiz bilan bo‘lgan suhbat davomida, bugungi kunda ularning kayfiyati, davlatimizdan roziliklari hamda kuni kecha muhtaram Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlarga, qolaversa xotin-qizlarga yaratilgan shart-sharoitlar, berilayotgan imkoniyatlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Tadbir so‘ngida bir guruh ayollarimizga tuman hokimi va sektor rahbarlari hamda homiylar tomonidan tayyorlangan sovg‘alar berildi.