Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyun 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 21 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

IJTIMOIY HIMOYA

×

 2022-03-01 13:04:39    183

PDF yuklash
Chop etish



       Mamlakatimizda aholini manzilli ijtimoiy himoya qilish va moddiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, ko‘makka muhtoj fuqarolarga va yolg‘iz keksalarga pul yordami ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish va samaradorligini yanada oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 27 martdagi «2003 yilning 1 aprelidan boshlab uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha beriladigan imtiyozlar o‘rniga kompensatsiya pul to‘lovlarini joriy etish to‘g‘risida»gi PF-3227-son Farmoniga muvofiq imtiyozli toifadagi shaxslar uchun uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha qonunchilik asosida beriladigan imtiyozlar o‘rniga oylik kompensatsiya pul to‘lovlari joriy etilganligi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalarini qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘rsida”gi PF-58-sonli Farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra 2022 yil 1 martdan boshlab kompensatsiya to‘lovi, uni olish huquqiga ega bo‘lgan barcha imtiyozli toifadagi shaxslarga, ushbu shaxslarning pensiya (ijtimoiy nafaqa) olishi yoki olmasligi hamda mehnat faoliyatini olib borishi yoki olib bormasligidan qat’i nazar to‘lab boriladi, ijtimoiy nafaqa oluvchi o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz shaxslarga kompensatsiya to‘lovi joriy etildi, bunda, ijtimoiy nafaqa oluvchi o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz shaxslar uchun har oylik kompensatsiya to‘lovi — pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 45 foizi miqdorida to‘lanadi, yoshi 100 ga to‘lgan va undan oshgan ijtimoiy nafaqa oluvchi shaxslar uchun har oyda - pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 100 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov belgilandi. Bunda, 100 yoshga to‘lgan va undan oshgan fuqarolar nafaqasiga har oyda to‘lanadigan qo‘shimcha to‘lov pensiya va nafaqa tayinlangan tashkilot orqali respublika byudjeti va byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishi belgilandi.

Mazkur Farmonlar aholini ijtimoiy himoya qilish va moddiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, ko‘makka muhtoj fuqarolarga va yolg‘iz keksalarga pul yordami ko‘rsatishga xizmat qiladi.

 Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Qo‘shtepa tumani bo‘limi 




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram