Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 116 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2022-02-28 20:01:14    153

PDF yuklash
Chop etish



Bugun Qo‘shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov rahbarligida tuman hokimining o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari, tashkilot rahbarlari ishtirokida “Viloyat hokimi rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishlarda berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, ijro intizomini mutahkamlash hamda bajarilishi muhim bo‘lgan vazifalar” yuzasidan hokimlik soati o‘tkazildi. Mas’ul rahbarlarga viloyat hokimi tomonidan yig‘ilishlarda berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash hamda tuman hokimligi, korxona va tashkilotlarda ijro intizomini mustahkamlash hamda har-bir murojaat bilan manzilli ishlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Bo‘ston mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisi tomonidan hududni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish, aholi tomorqalaridan samaraliy foydalanishni yo‘lga qo‘yish hamda aholi muammolarini tizimli hal etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Tuman hokimi tomonidan mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisiga hududda ishsizlikni kamaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, chet elga ishlash istagida ketgan fuqarolarni yashash joyiga qaytarish va ularni doimiy ish bilan ta’minlash hamda aholining ijtimoiy muammolarini belgilangan tartib asosida hal etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Tuman rahbari Xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 32-umumta’lim maktabida bo‘lib, muassasada qish mavsumini betalofat o‘tkazish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Mas’ul rahbarlarga qish mavsumini betalofat o‘tkazish hamda bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalariga tayyorlash yuzasidan qo‘shimcha fan to‘garaklari foliyatini ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.



Tuman hokimi va purokurori birgalikda Bo‘ston mahalla fuqarolar yig‘ini, Tinchlik ko‘chasida istiqomat qiluvchi “Temir daftar”da turuvchi F.Fozilovaning yashash xonadonida bo‘lib, xomiylar tomonidan olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdilar. Mas’ul rahbarlarga qurilish ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash hamda “Navro‘z” umumxalq bayrami arafasida foydalanishga topshirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.



Bo‘ston mahalla fuqarolar yig‘ini hududida olib borilayotgan obodonlashtirish va “Yashil makon” loyihasi asosida mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Tuman hokimi tomonidan mutasaddi rahbarlarga hududda olib borilayotgan obodonlashtirish hamda ko‘chat ekish ishlarini tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan aholi bandligini ta’minlash hamda daromad manbaylarini oshirish maqsadida joriy etilgan ijara asosida aholiga yer maydonlari ajratish bo‘yicha Bo‘ston mahalla fuqarolar yig‘inida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi. Mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, hokim yordamchisi hamda yoshlar yetakchisi tavsiyalariga asosan elektron tanlovlarda g‘olib bo‘lgan bir guruh ishsiz fuqarolarga tuman hokimi va tuman prokurori rahbarligida yer maydonlari ajratib berildi. Tuman hokimi tomonidan fuqarolarga ajratilgan er maydonlaridan samarali foydalanish hamda oila byudjetini oshirishda asosiy mezon bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha takliflar berildi.

Shuningdek, tuman hokimi fermer xo‘jaliklari tomonidan 2022 yil hosili uchun ekilgan boshoqli don ekinlarini mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish, sharbat bilan sug‘orish, mahalliy o‘g‘it jamg‘arish, sho‘r yuvish hamda sug‘orish ariqlari va zovurlarni tozalash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Tuman hokimi tomonidan 2022 yil hosili uchun ekilgan boshoqli don ekin maydonlarini mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish, sharbat usulida sug‘orish, mahalliy o‘g‘it jamg‘arish, sho‘r yuvish hamda sug‘orish ariqlari va zovurlarni tozalash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram