Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 154 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

IJTIMOIY TARMOQLARDA TARQATILGAN XABARGA MUNOSABAT

×

 2022-02-28 17:05:48    116

PDF yuklash
Chop etish



Joriy yil 26-fevral kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali tanqidiy murojaat e’lon qilingan edi.

Ushbu murojaatda: – “Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani Do‘rmon

hududidan yozmoqdamiz. Ko‘prik buzilib bir necha oydan beri uzoq masofa bosib aylanib o‘tishga to‘g‘ri kelmoqda. Hatto osma ko‘prik ham yo‘q, aholi shahardan uzilib qoldik. Aksar mashinalar qatnamayapti, yo‘l kira oshib ketdi. Talabalar esa o‘qishga

qatnay olmayapti. Ko‘prik masalasini hal qilib berishlarini iltimos qilamiz” – deya shikoyat qilingan. 

Do‘rmon mahallasidan yo‘llangan murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz. 2021-2023 yillarda O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi dorasida nazarda tutilgan loyihalarni moliyalashtirish hamda qurilish ta’mirlash ishlarini boshlash, bu borada buyurtmachi tashkilotlarning mas’uliyatini yanada oshirish, shuningdek, 2021 yil uchun belgilangan limitlar bo‘yicha manzilli ro‘yxatlarini shakllantirish masalalarini muhokamasiga bag‘ishlangan

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 1 martdagi 21-sonli rayosat majlisi bayoni qarorining 7-ilovasi ijrosini ta’minlash maqsadida Qo‘shtepa tumani hududidagi 4K913 “Do‘rmon q.- Dehqonobod q. - A 373” avtomobil yo‘lining PK 0-00 da joylashgan avariya holatidagi ko‘prikni buzib, qayta tiklash ishlari olib borilmoqda.

Qurilish-montaj ishlariga halal bermaslik hamda turli xil baxtsiz hodisalarni oldini olish maqsadida ushbu hududda yashovchi aholini tuman hududi bilan bog‘lovchi yo‘l sifatida Do‘rmon MFY Kichik bog‘ ko‘chasi va Qorakaltak MFY Sokin ko‘chalaridan vaqtincha foydalanib turishlari nazarda tutilgan.

Hozirgi kunga kelib, qurilish-montaj ishlari “Farg‘ona yo‘l qurilish” MChJ tomonidan belgilangan standart talablari asosida amalga oshirilmoqda.

Ushbu qurilish ishlarini jadallashtirish to‘g‘risida tuman hokimligi hamda mutasaddi tashkilotlar tomonidan  “Farg‘ona yo‘l qurilish” MChJga va boshqa mas’ul idoralarga murojaat qilingan. Do‘rmon mahallasi hududida joylashgan ko‘prikning qurilish ishlarini jadal suratlarda olib borish yo‘lga qo‘yiladi.  

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram